OLIGOFRENOPEDAGOGIKA (Oligofreniya va pedagogika) — akli zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash, korreksiyalash (tuzatish), ijtimoiy xayotga jalb etish masalalarini oʻrganuvchi defektologiya tarmogʻi. Oligofrenopedagogikaning asosiy vazifasi akli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish, ulardagi nuqsonning rivojlanishini va nuqsonning oʻzini bartaraf etish yoʻllarini, maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida akli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya va korreksion rivojlantiruvchi ish va metodlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. Oligofrenopedagogika umumiy va maxsus ped., psixologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, nevropatologiya, pediatriya, oligofreniya klinikasi yutuklariga asoslanadi. 19-a. boshlarida tibbiyot va ped. ning rivojlanishi tufayli muayyan yoʻnalish si-fatida vujudga keldi. Oʻsha asrning oʻrtalarida fransuz vrachi va pedagogi E. Segen (1812—80) aqli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasini ishlab chikdi. Ayniqsa, uning «Akliy normal boʻlmagan bolalar tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari (1846) Oligofrenopedagogikada katta yutuq boʻldi. Chet ellarda Oligofrenopedagogikaning shakllanishi J. Demor va O. Dekroli (Belgiya), B. Mennel va A. Fuks (Germaniya), A. Bine, J. Filipi va I. Bonkur (Fransiya), V. M. Bexterev, P. F. Lesgaft, L. S. Vigotskiy (Rossiya) va b. nomi bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda S. T. Aytmetova, K. K. Mamedov, P. M. Poʻlatova, M. I. Soa-tovalar tomonidan Oligofrenopedagogika boʻyicha oʻquv qoʻllanmasi tayyorlanib nashr etilgan. Oʻzbekistonda akli zaif bolalarni tarbiyalash va oʻqitish maxsus yordamchi maktablaraa amalga oshiriladi. Oligofrenopedagogikada bola his-tuygʻusini boyitishga, nutq-ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, taʼlimtarbiyaviy jarayonda koʻrgazmali qurollar va b. metodlardan keng foydalaniladi. Akli zaif bolalarni psixologik-pedagogik oʻrganish asosida har bir bolaga individual yondashiladi. Oʻzbekistonda oligofreno-pedagoglarni Toshkent ped. un-ti va ped. in-tlarining defektologiya f-tlari tayyorlaydi. Oligofrenopedagogikaga oid i. t. ishlari Oʻzbekiston ped. fanlari i. t. in-tida, Toshkent ped. un-ti va ayrim ped. intlarining defektologiya kafedralarida olib boriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые