FLORI Pol Jon (1910.19.6, Sterling, Illinoys shtati — 1985.9.9) — amerikalik fizikkimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1953-y. dan). Kolumbusdagi Ogayo shtati Davlat un-tini tugatgan (falsafa dri 1934). Kornell un-ti prof. (1948 —56), Melonov un-tida ilmiy rahbar (1956 —61), Stanford un-ti prof. (1961-y. dan). Ilmiy ishlari polimerlar polikondensatsiyasi va fizikasiga oid. Polikondensatlanish jarayonlarida funksional guruhlarning reaksiyaga kirishish xususiyati oʻzaro taʼsir etuvchi molekulalar zanjiri uzunligiga bogʻliq emasligini aniklagan (Flori prinsipi). Nobel mukofoti laureata (1974).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые