Xorazm xalq sovet respublikasining tashkil bo’lishi va unda yuz bergan o’zgarishlar.

1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir, deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi.

1920 yil 1 fevralda Xivaning oxirgi xoni taxtdan tushirilib, hujjatga imzo chekkandan keyin, 2 fevral kuni inqilob g’alabasi e’lon qilindi va inqilobiy qo’mita tuzildi. Ana shu tariqa Xorazmda yangicha hayot va boshqarish tartibi e’lon qilindi. Turli tashkilotlar vujudga kela boshladi. Xorazm davlatining dastlabki hujjatlaridan biri machitni davlatdan ajratish bo’ldi.

1920 yil 2 aprelda esa turkman urug’ boshliqlari Qo’shmuhammad, G’ulomalixon, Baxshi va boshqalar ishtiroqida Gelbart kotibligida, Olloqulov tarjimonligida majlis o’tkazilib, birinchi navbatda o’zaro nizolarga chek qo’yish masalasi muhokama qilindi. Chunki Xorazm vohasi xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda asosiy masala ilgarigi Xiva xonligi xududidagi o’zbek, turkman, qozoq. qoraqalpoq millat mehnatkashlari o’rtasida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qo’shni Amudaryo viloyati bilan ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish, umuman Xorazm mehnatkashlari bilan Turkiston Respublikalari mehnatkashlari o’rtasidagi do’stlikni yuqori darajaga ko’tarishdan iborat edi.

Bu kengashda o’zaro nizoli harakatlarning aybdori chor Rusiyasi bo’lib kelgani aytildi. Kelgusida mehnat bilan harbiy majburiyat teng taqsimlansa o’rtadagi nizolarga chek qo’yilishi anih ko’rsatildi. G.I. Broyda tashabbusi bilan boshlangan bu kengashda ishtirok qilgan o’zbek va turkman urug’ boshliqlari, oqsoqollari bunga tamoman rozi bo’ldilar. Shu bilan turkman mehnatkashlarining vakillarini ham markaziy hokimiyatga saylashni zarur topdilar. Oilaviy aloqalar o’rnatishni ilgari surdilar. Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyiga saylanadigan 200 nafar vakillarning 80 nafari turkmanlar vakillari bo’lishi belgilandi.

1920 yil 9 aprelda Vaqtli hukumatning majlisi chaqirilib, Nozirlar sho’rosi tuzildi. Polvonniyoz hoji Yusunov (Davlat nazorati), Bekjon Rahmonberganov – Xalh madaniyati za maorifi noziri, Bobooxun Salimov – adliya noziri, Jumaniyoz Sultonmurodov – vaqtli hokimiyat raisi Odomoxun Ortiqov – muovini va boshqalar.

Xorazmda endigina shakllanayotgan hokimiyatning shu majlisida davlat tuzilishi, nozirliklar tashkil qilish, maktab, kasalxona ochish, yangi lavozimlar saylov nizomi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Xorazmdagi 20-yillardagi o’zgarishlarning eng muhim natijadari: o’zbeklar bilan turkmanlar hamkorligi vujudga kelib, mehnat armiyasi tashkil qilindi. Saylov qonuni, sudxo’rlikka qarshi dekret, vakuf erlari haqida nizom, oliy sud haqida, xon erlari va mulklarini musodara qilish haqida konunlar e’lon qilindi.

1920 yil 27 aprelda Xiva shahrida Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyi chaqirilib (buning ishtirokchilari turli millatga mansub kishilar edi) barcha millat mehnatkashlarining manfaatiga mos keladigan masalalarni muhokama qildilar va bu borada zarur qarorlar qabul qildilar. Ko’p yillardan buyon davlat nomi «Xiva» shaklida ishlatilib kelingan bo’lsa, endi Xorazm nomi bu qurultoyda qayta tiklandi, Xorazm Xalh Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgani e’lon qilindi va uning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bundan tashqari Xorazm XSR ning Nozirlar Sovetini sayladilar. 8 ta nozirlik tashkil qilinib, 5 nafar kommunist, bir yosh Xivalik va 2 nafar partiyasiz kiritildi. 1920 yil 28 aprelda esa XXSR e’lon qilindi.

1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir. deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi. Endigina siyosiy xaritada paydo bo’lgan mustahil Xorazm respublikasiga qo’shni xalhlar yordam qo’lini cho’zdilar. Qo’shni Jumhuriyatlar 700 ming kishi hayot kechirayotgan Xorazm vohasini mahsulotlar va texnika uskunalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldi va qaytib olmaslik sharti bilan 20 million so’m ajratdi. Turkiston komissiyasining qarori bilan 1920 yil aprel – may oylarida yana 150 million so’m yordam berildi. Joylarda yangi tashkilotlar tashkil qilishga kirishdilar. Tezda yangi zamon maktablari, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, internat-maktablar vujudga keltirildi.

Turkkomissiya esa Xorazmga tezlik bilan birinchi navbatda 3 do’xtir, 8 feldsher, bir tish do’xtiri, bir akusherka, uch kasalxonani ta’minlashga etadigan dori-darmonlar 10 o’qituvchi, o’qish qurollari, 50 ming pud kerosin, 50 ming pud neft, idish-asboblar yubordi.

1920 yil 7 martdan nashr qilinayotgan «Inqilob quyoshi» ro’znomasi, 3 apreldan ish boshlagan «Maorif saroyi», aprel oyi oxirlarida birinchi tomoshabinlarni qabul qilgan Xiva tarixiy muzeyi, birinchi bo’lib Xivada ish boshlagan o’zbek, tatar, rus teatr truppalari yangi hayot ustunliklarini tashviqot qila boshladilar. «Maorif saroyi» ochilishi marosimiga Toshkent shaharining oxuni Mulla Qoriev ishtirok qilishining o’zi katta voqea edi. Shunday qilib, machit davlatdan ajralgani bilan xokimiyat din egalariga qarshi tazyiq qilmadi. Dindorlar ham partiya, sovet tashkilotlarida xizmat qila boshladilar. An’anaviy o’quv yurtlari – machit va madrasalar o’z faoliyatini davom qildirdilar va ularda minglab yoshlar ta’lim-tarbiya oldilar.

1920 yil iyul oyida Said Abdullaxon va mashhur Xismatulloning Xivadan surgun qilinishi o’lkaning yirik dindorlari o’rtasida ba’zi noroziliklarni keltirib chiqardi. Ammo yangi tashkil qilingan xokimiyat ijobiy ishlar qilishni davom qildirdi. Ko’p xotinlikka chek qo’yish to’g’risida qonun tayyorlashga kirishildi. Mehnat intizomi to’g’risida qo’llanma tayyorlandi. «Er–uni ishlaganga» degan ko’rsatmalar berildi.

4 avgustda Toshkent shahriga o’qishga 20 nafar o’quvchi yuborildi. 16 avgustda esa Xiva shahrida birinchi marta yakshanbalik o’tkazildi. Bundan tushgan daromad obodonlashtirish ishlariga sarflandi. Shu yili dekabr oyida esa Xiva shahrida qizil o’qituvchilar uyushmasining birinchi majlisi o’tkazildi. Xorazm vakillarining birinchi qurultoyida esa barcha vakufninig madaniyat va maorif ixtiyoriga berilishi, dindorlarning noroziligini ancha oshirgan edi. Bu yangiliklarning barchasi an’anaviy hayot tarzimizga tamoman mos kelavermadi. Shu sababdan ham qator dindorlar markaziy shahar Xivadan chekka noxiyalarga, boshqa o’lkalarga keta boshladilar. Ba’zi dindorlar xalh xokimiyatiga qarshi kurashni davom qildirayotganlar safiga qo’shildilar.

1920 yil iyun oyidan Xiva shahrida «Rosta», «Krasnoarmeyskiy listok» ro’znomalarining nashr qilina boshlashi, o’qituvchilar tayyorlash kursining ishboshlashi, ayrim kitobchalarning nashr qilinishi kabi tarixiy voqealariing yuz berishi Xorazmda fan va madaniyatning rivojlanayotganini ko’rsatar edi. Bulardan tashqari, Xorazmda sotsial masalalar bo’yicha tengi yo’q ishlar qilindi. 1920 yil boshlarida Xorazm xududidagi o’zaro nizolar sababli minglab xotin-qizlar bandilikda saqlanayotgan edilar. Xalq hokimiyati ana shu xo’rlangan xotin-qizlarni o’zaro munozaralar yo’li bilan o’z ota-onalari qoshiga, o’z oilalariga qaytardi. 20-yillarning birinchi kunidan boshlab Xorazm vohasida yangi hayot qurilishida mashhur tashkilotchilar, madaniyat xodimlari Matyoqub Otajonov, Polvonniyoz Hoji Yusupov, Mulla- bekjon Raxmonov, Bobooxun Salimov, Odamoxun Ortiqov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Orozgaldi Hojimamedov, Afzol Tagirov, Husayn Qo’shoev, Otajon Abdolov, Safo Olloberganov, Matyoqub Axangarov, Ro’zmat Yusupov, Yusuf Ahmadov, I.Xonsuvorov, Zokir. Bikchurin, Xakimboy Muhammadiev, Mullanavro’z Ro’ziboev, G.I. Broydo, Sergey Malishev alohida katta xizmat qildilar. Bu ilg’or tashkilotchilarning tarixda iz qoldirgan eng muhim xizmati shuki, ular xalq ommasi orasidan haqiqiy qobiliyat egalarini tanlab olabildilar va tarbiyalay oldilar. Ularning hadiqiy tarbiyasini olgan qobiliyat egalari Davlat Rizaev, Karim Boltaev, Qurbon Olloberganov, (Beregin), Soib Nazariy, Onabibi Safoeva, Ahmadjon Ibrohimov, Xayrulbanot Saydoshova, Qosim Zaripov, Masharip Polvonov, Eshmurot (Shuxrat) Divanov, Umar Qurboniy, Bolta Sharipov kabi yoshlar davlat ishlariga ishtirok qilib, ta’lim-tarbiya sohasida faol ko’zga ko’rina boshladilar.

1921 yil butun Xorazm vakillarining ikkinchi qurultoyining chaqirilishi Xorazm vohasining keyingi taraqqiyot yo’lini ko’rsatib berdi. Jumladan, qurultoy chiqargan xulosada shunday so’zlarni o’qiymiz:

«Xorazm respublikasida bundan keyin mehnat qilmasdan ommaning qonini so’radigan parazitlar bo’lmasligi kerakki, mamlakat bo’yicha dekret e’lon qilinib, er-uni ishlaydiganlarga berilsin, erni ijaraga berib kun ko’ruvchilar erdan mahrum qilinadi».

Bunday qonunning qabul qilinishi mehnatkash ommaning mehnat faoliyatini kuchaytirdi. Dehqonchilik sohasida esa katta ijodiy uyg’onish boshlandi.

Bu davrda xalqaro munosabatlarda ham katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. 1920 yil iyun oyida Xorazm respublikasining ilg’or Davlat vakillari Toshkent Moskva shaharlariga kelib, qator uchrashuvlar o’tkazdilar va bitimlar tuzdilar. 1920 yil 1 sentyabrda Xorazm delegatsiyasi Boku shahrida chaqirilgan Sharq xalqlari s’ezdida ishtirok qilib, shu s’ezd qarorlarini qabul qilishda aktiv ishtirok etdilar. 13 sentyabr kuni XXSR va RSFSR o’rtasida davlat shartnomalari imzolandi, 13 noyabrda esa XXSR bilan Buxoro xalq sovet Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. XXSR bilan RSFSR o’rtasida imzolangan shartnomaga binoan Chor Rusiyasi Xiva xonligiga nisbatan ilgari qo’llanib kelgan barcha huquqlardan Sovet Rusiyasi «voz kechdi». Chor Rusiyasi davrida Xorazmda vujudga keltirilgan barcha boyliklar mahalliy mehnatkashlarning ixtiyoriga berildi va Xorazm respublikasiga 500 mln. so’m yordam uyushtirildi. 1920 yil 20 seityabrda RSFSR bilan XXSR o’rtasida iqtisodiy shartnoma imzolanib, o’zaro savdoga keng imkoniyatlar ochildi. Sovet Rusiyasidan Xorazmga keltirilayotgan va Xorazmdan Rusiyaga chiqarilayotgan mahsulotlar, tovalar har qanday soliq va bojlardan ozod qilindilar va Xorazmga 100 dona duradgorlik stanoklari, 20 dona tokarlik stanoklari yuborish planlashtirildi.

Bulardan tashqari, RSFSR va TASSR Xorazm respublikasini xo’jalik asboblari, oziq-ovqat, qishloq xo’jalik qurollari, urug’lik bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldilar. Xorazmga yuzlab mutaxassislar ko’chib kela boshladilar. Shu davrda «Xorazmga doimiy ishga kelgan har bir evropalik bor imkoniyatlar bilan yordam berishi bizning asosyy maqsadimiz» degan shior ostida ish ko’rdilar.

1921 yil 13 oktyabrda va 1922 yil 29 iyunda RSFSR va XXSR o’rtalarida imzolangan shartnomalar ham 1920 yil sentyabrda imzolangan shartnomaning ijrosi edi.

RSFSR bilan iqtisodiy aloqani keng yo’lga qo’ygan Xorazm respublikasi Turkiston ASSR va Buxoro respublikalari bilan ham o’zaro munosabatlarni yaxshilay bordi. 1921 yil 1 iyulda Turkiston ASSRda Xorazm respublikasining vakolatxonasi tashkil qilindi. Shu yili 4 dekabrda vakolatxona Bosh konsullikka aylantirildi. RSFSR bilan XXSR va TASSR o’rtasida o’zaro hamkorlik munosabatlarining keng yo’lga qo’YILISHI Xorazm respublikasi bilan Amudaryo bo’limi (1920 yil dekabr oyidan Amudaryo viloyati) o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi.

Xorazm respublikasidagi o’zbeklar bilan turkmanlar o’rtasida, mang’ishloqlik qozoqlar bilan krasnovodsklik turkmanlar o’rtasida birodarlik shartnomalarining imzolanishi Xorazm vohasida hayot kechirayotgan o’zbek, turkman, qoraqalpoq va qozoq mehnatkashlarining kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir o’tkazdi. Xorazm respublikasi bilan Amudaryo viloyati o’rtasida savdo va madaniy aloqalarga keng yo’l ochildi. Natijada Amudaryo kirg’oqlari bo’ylab qo’yilgan soqchilar ortiqcha bir narsa bo’lib qolmoqda edilar.

1920-1921 yillar jahonning turli xududlaridan Xorazmga «Madaniy yurish» e’lon qilindi. Xuddi yangi er o’zlashtirganlari singari qo’shni xalqlarning vakillari xalq xo’jaligining hamma sohalariga kirib keldilar. Rus ustalari tashabbusi bilan yangi Urganch va Xiva shaharlari oralig’ida to’rtta temir ko’prik qurildi. Turkiya grajdanlari Abdulla Mamedov, Husayn Ismoilov, Bahri Kamol madaniyat va maorif ishlarida jonbozlik ko’rsata boshladilar. H.H. Niyoziy sahna san’ati sohasida katta tashkilotchilik qildi. Boshqird Afzal Tagirov, Kashshof Poti Xorazmda o’rta maxsus bilim yurtlarini vujudga keltirishda katta xizmat qildilar. Buzilgan zavodlarni tiklash, qadimiy hunarmandchilikni keng yo’lga chiqarib qo’yish ishlari kuchaytirildi. Fidokorona halol mehnat qahramonlarini mukofotlash maqsadida 1922 yil fevraldan Xorazm «Mehnat nishoni» ta’sis qilindi. Ammo yangi hayot qurilishi hammaga ham bir xil kayfiyat bermadi. An’anaviy hayot nash’alariga sodiq bo’lgan qator kishilar o’z yo’lida mahkam turib, tarki vatan qildilar. Ba’zilari yangiliklarga qarshi tashviqot qilishni davom qildiraverdilar.

Xorazm xalqi yangi hayot qurilishining dastlabki yillarida turli yo’nalishlar bo’yicha harakat qildi. Chunki ular yangi hayot qay tarzda yuz berishini bilmasdilar. Shuning uchun ham kundalik siyosatda ko’proq yoshlar faollik ko’rsatdilar. Birinchi bor vujudga kelgan idoralarning xodimlari orasida katta ko’pchilikni shu yoshlar tashkil qildi. Inqilob g’alabasining dastlabki yillari yoshlar bilan keksalar o’rtasidagi munosabatda ajralishning boshlanishi davri bo’ldi. Bu masala xotin-qizlarga ham taalluqli edi.

Xiva xonligi davrida 132 madrasa, 2169 an’anaviy mak- tab, 8 ta jadid maktabi bo’lib, ularda 60 mingdan ortih yoshlar o’hitilayotgan ediki, islom g’oyasini o’tkazish markaziy masala hisoblanardi. Inqilob ~ g’alabasi bilan bu ‘diniy maktablarga, dindorlarga harshi hujum boshlanmagan bo’lsa ham yangi siyosatning o’zi bu o’huv yurtlarining yarmidan ko’pro- g’ining o’z faoliyatini to’xtatishlariga olib keldi. O’hiyotgan o’g’il-hizlar safi 10 marta hisharib ketdi. Bu an’apaviy tar- biya sohasidagi ishlarga katta zarar etkazdi.

1920-1921 yillarda Xorazm madaniyat va maorif noziri lavozimida ko’p kishilar ishladilar. 1921 yil Turkiya grajdani davrning faol kishilaridan Bahri Kamol ham shu vazifada ishladi. U Xorazmda milliy maktablarni ko’paytirishga harakat qildi va o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlarga ajratib o’qitishni tavsiya qildi. Bahri tashabbusi bilan Xiva shahrida yangi partiya maktabi tashkil qilinib, keyin shu maktab dorilfununga aylantirildi.

Bahri madaniyat va maorif noziri sifatida qo’shni o’lkalardan mutaxassislar taklif qila boshladi.

Faqat Saratov gubernasidangina 38 nafar maorif xodimlari Xorazmga keldilar. Ana shu mutaxassislarning yordami bilan 1922 yil Xiva shahrida o’qituvchilar seminariyasi tashkil qilindi. Uning birinchi direktori qilib Kashshof Poti tayinlangan edi. Xiva o’qituvchilar seminariyasi Turkiyadagi shunga o’xshash o’quv yurtlarining o’quv planlari asosida ishlay boshladi. Ana shu nizom va dasturulamallarga asosan bu o’quv yurtida ma’naviy tarbiya birinchi o’ringa qo’yildi.

Tarbiya sohasidagi ishlarda kattalarga hurmatda bo’lishga alohida e’tibor berildi.

Xiva shahrida tashkil qilingan o’qituvchilar seminariyasiga Xiva, Yangi Urganch, To’rtkul shahridan ko’p yoshlar jalb qilindilar. Qishloq dehqonlarining farzandlari talabalarning faqat 5 foizini tashkil qildilar. Inqilob g’alabasining dastlabki yillaridan boshlab Xorazmda kadrlar taiyorlash ishlariga alohida e’tibor berildi. 1922 yil Xorazm madaniyat va maorif noziri lavozimiga Sulton Qori ko’tarilar ekan, kadrlar tayyorlash masalasi ilgarigicha muhim vazifa sifatida qolmoqda edi.

Inqilob g’alabasidan keyin Xorazm madaniyat va maorif sohasidagi muhim yutuq har bir xalqning o’z ona tilida maktab, teatr kollektivlari, ro’znomalar, qisqa muddatli kurslar tashkil qilinishi bo’ldi. Xorazm respublikasi xududida 1920-1922 yillarda o’zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq tillarida maktablar tashkil qilindi. Muhimi yana shundaki, maktablarda bir necha tilda bemalol so’zlasha biladigan o’tsqtuvchilar dars berdilar. 1922 yil sentyabr oyidan boshlab Xorazm xalh doridfununida Afzol Tagirov, David Bakirov, Ahmon Abdolov, Husain Qo’shaev, Sobir Hakimov kabi ilg’or pedagoglar dars berib, xorazmliklar orasidan o’qituvchilar va jamoatchi kadrlar tayyorlashga katta hissa ho’shdilar. Ular xorazmlik ilg’or yoshlarga qonunlar asosidan, tarix, sotsiologiya, jug’rofiya, arab tili, tabiat, rus tili fanlaridan ta’lim berdilar. Xorazm respublikasi madaniyat va maorif sohasida eng baynalminal tarmoq bo’lyb qoldi. Chunki bu soha turli millat vakillarini o’zaro hamkorlikka uyushtiradigan eng muhim tarmoq sifatida shakllanib bordi.

1921 yil may oyida chaqirilgan butun Xorazm vakillarining II – qurultoyda umrbod bir-birlariga qo’l bergan o’zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining vakillari birodarlikka, do’stlikka sodiq bo’lib qoldilar. Qurultoyga taklif qilingan vakillarning ellik olti nafari turkman xalqining vakillari bo’lib, ularning ishtirokida sovetlar markaziy ijroiya komiteti (MIK) tashkil qilindi. Xorazm respublikasi konstitutsiyasiga o’zgarishlar kiritildi. 1922 yil Xorazm sovetlarining III-qurultoyi chaqirilib, 24 rayondan 339 vakil taklif qilindi. Shu davrda turkman mehnatkashlarining alohida qurultoyi chaqirilib, 200 vakil va qozoq, qoraqalpoq mehnatkashlari vakillarining qurultoyi chaqirilib, 40 vakil ishtirok qildi.

Xorazm respublikasi mehnatkashlari vakillarining qurultoy va kengashlarining o’tkazilishi yangi hayot qurilishi sohasida katta izlanishlar bo’lgan edi. Shuning uchun bo’lsa kerak bu davrda Xorazm sharoitida yangilik ko’p yuz berdi. Ana shu yuz bergan yangiliklar birodarlikda qilingan mehnat natijalaridan edi. Xiva inqilobining g’alabasi kishilarni bir-biriga yaqinlashtirib, xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Bunday xolatni 1921-23 yillardagi ochlikka qarshi kurash harakatida aniq ko’rish mumkin.

Uch yil davomida xorazmliklar Rusiyaning ochlikdan qiynalayotgan xalqlariga million so’mlab pul to’pladilar, oziq-ovdat yubordilar. Volga bo’yi xalqlaridan Xorazmga yuborilgan tashakkurnomalar ko’p narsalardan dalolat berardi.

Xorazm mehnatkashlari xalqlar o’rtasida mustahkam birodarlik yuzaga keltirmoq uchun katta ishlar qila boshladilar. 1922 yil Genuya konferentsiyasi ochilishi munosabati bilai Xiva shahrida 500 kishilik majlis chaqirilib, Rusiya, Ozarbayjon, Buxoro respublikalarining shu konferentsiya ishida ishtirok qilayotgan vakillariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Genuya konferentsiyasi ishi yaxshi natijalar bilai tugagani uchun Xiva shahrida 1922 yil 11 aprelda manifestatsiya e’lon qilinib, shaharning bir ko’chasiga G.V. Chicherin nomi berildi.

Xorazmning xalh xo’jaligi ishlari bu davrda juda og’irlashgan edi. 1920 yillarning boshlarida Xorazmda jami 35 miig chig’ir ishladi. (1913 yyl 80 ming), 55-60 ming desyatina er ekildi. (1913 yil 175 ming desyatina), paxta maydonlari 3 ming desyatinani tashkil qildi. (1913 yil 18,5 ming desyatina). 20 ming oila joysiz qoldi. Faqat turkman aholisi hayot kechirayotgan xududlarda o’zaro nizolar natijasida 5 ming oila xonavayron bo’ldi. Hali 1920 yil 29 may kuni Xiva shahridan Toshkentga Turkkomissiyaga yuborilgan telegrammada «Xivaning ilgarigi ozgina sanoati ham vayron qilingan, keyingi 2 yil davomida xalq xo’jaligiga kuchli zarar etkazilganki, yaqin vaqtlarda to’g’rilab bo’lmas… Amudaryo bo’limida ahvol juda yomon o’lka xonavayron, pul bilan yordam kerak, eng og’ir ochlikda qolganlar Xiva tomonidir» deb ta’kidlangan edi. Ana shunday holatga tushib qolgan xududda uch yil ichida oziq-ovqat masalasi ijobiy hal qilindi, bu katta g’alaba edi. Bu o’zaro ishonchni mustahkamladi.

1923 yil RSFSR Xorazmga yordamlashish uchun 100 nafar agronom, injener, texnik, mexanik, elektrik, matbuotchi, charm tayyorlash ustalari ajratdi. Tatariston o’z o’quv yurtlaridan Xorazm uchun 10 o’rin ajratdi. Shu yili 29 yanvardan Moskva shahrida XXSR ning savdo va sanoat nozirligining savdo idorasi ochilib, 4 sentyabrdan boshlab bu idora XXSR ning iqtisodiy kengashining savdo vakolatxonasiga aylantirildi. Bunday aloqalar Xorazm respublikasi xalqlari hamkorligini oshirdi. 1923 yildan milliy masalaga e’tibor kuchayib Xiva, Xo’jayli, Toshhovuz viloyatlari vujudga keldi va suv masalasida uch viloyat vakillaridan kengash tuzildi. Xorazmda yuz berayotgan o’zgarishlar haqida 1923 yil sho’nday deb yozgan edilar: «Xorazmda inqilob boshlangandan to 1922 yil oxirigacha bo’lgan davrni butunlay siyosiy kurashdan iborat bo’lgan davr deb aytish mumkin».

Endi hozirgi kunda ilgarigidek har bir ayrim shaxslar tomonidan tutilgan shaxsiy siyosatlar, bu kungacha yuqumli kasaldek bo’lib kelgan rasmiy va shaxsiy kurashlar yo’q… Biz ham endi butun jumhuriyatlarda davom etmoqchi bo’lgan iqtisodiy va xo’jalik ishlarimizni yo’lga solishga kirishdik. Maorif, madaniyatning ko’tarilishiga tirishmoqdamiz»…

1923 yil o’rtalarida Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm soveti respublikalari Ko’ngilli flot shirkatining O’rta Osiyo bo’limini tashkil qilib: Toshkent, Olma-Ota, Buxoro, Xiva havo yo’lida qatnaydigan 6 ta samolyot sotib oldilar. Shu yili Xiva shahri qoshida samolyot stantsiyasi tashkil qilmoq uchun maxsus kishilar keldilar. 1923 yil Xiva shahrida rus davlat banki ochildi va Xorazm dehqonlarining Moskvadagi qishloq xo’jaligi ko’rgazmasiga safari uyushtirildi.

Moskva ko’rgazmasida Turkiston, Xiva, Buxoro mehnatkashlari hayotini aks ettiruvchi buyumlar, materiallar qo’yilgan maxsus bo’lim tashkil qilindi. Ana shu tariqa Xorazm hayoti jahon xalqlari ko’z oldida yana ham yaqqolroq ko’rina boshladi.

1920 yil Xorazmda birinchi marta may bayramining nishonlanishi, 1921 yil O’rta Osiyoda birinchi bor Xorazm xalqlari birodarlik bayramining o’tkazilishi, 1922 yil Xiva shahrida Urta Osiyoda birinchi davlat teatrining tashkil qilinishi, 1923 yil Xorazmda xalqaro yoshlar kunining nishonlanishi kabi voqealar siyosiy hayotda tarixiy voqealardan bo’ldi. 1921-1922 yillar Xorazm yoshlar uyushmasi bilan qo’shni Amudaryo viloyati yoshlar uyushmasi tashkiloti o’rtasida kuchli hamkorlik o’rnatilgan davr bo’ldi. A.T. Peskunov, Muhammadnazar Odamov, Qurbon Beregin, Soib Nazariy, Ro’zmat Yusupov, Kutlimurod Mahmudov kabi yoshlar, uyushma faoliyatida katta rol o’ynadilar. Xorazm vohasi yoshlari Volga bo’yi xalqlari hayotida yuz bergan ochlik mahalliy voqea bo’lib qolmasdan hammani o’ylantiradigan va harakatga keltiradigan voqea ekanini birinchilardan bo’lib anglab etishdi. 1922 yil 3 mayda yoshlar o’rtasida muzika, adabiyot, sport to’garaklari ish boshlaganini hisobga oldilar. Ko’chmanchi qozoq, turkman yoshlarini siyosiy hayotga tortish muhim masala qilib qo’yildi. 1923 yil 28 yanvarda Xorazm xotin-qizlari uchun alohida maktablar tashkil qilish masalasi ilgari surildi. Shu yili Xorazmda xotin-qizlar uyushmasi tashkil qilinib, unga rahbar qilib Xayrulbanot Saydoshova saylandi. Xotin-qizlar uyushmasi masalasi 1923 yil 11 noyabrda Xorazm kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi partiya yacheykasi majlisida muhokama qilindi. Shunday qilib, asrlar davomida siyosatdan chetlanib kelingan Xorazm xotin-qizlari xalq xo’jaligining deyarlik barcha sohalariga ishga jalb qilina boshladilar. Xotin-qizlarning xalh xo’jaligi ishlariga jalb qilinishda ba’zi qiyinchiliklarni engib o’tishga to’g’ri kelgal bo’lsa ham bu siyosat ijobiy rol o’ynadi. Chunki ishlab chiqarish sohasida va madaniy hayotda ularning o’rni ham alohida ahamiyat kasb qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x