RIU-GRANDI-DUSUL

RIU-GRANDI-DUSUL — Braziliyaning chekka jan. qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 282 ming km2. Aholisi 10,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — PortuAllegri sh. Yirik shaharlari: Pelotas, RiuGrandi, SantaMariya. Shtat shim. Braziliya yassitogligining pastroq jan. qismidan, jan. tekislikdan iborat. Atlantika okeani qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan kambar payettekislikda koʻl koʻp. Iqlimi subtropik, nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 15—25°, yillik yogʻin 1250 mm dan 2000 mm gacha. Savanna, shim. da subtropik oʻrmonlar bor. R. G. duS. mamlakatning muhim q. x. rayoni. Shtat donli ekinlar: bugʻdoy, sholi yetishtirish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Shuningdek, makkajoʻxori, kartoshka, loviya, maniok ekiladi. Tokchilik, bogdorchilik, asalarichilik, ipakchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Paragvay choyi teriladi. Baliq ovlanadi. Mis, toshkoʻmir konlari bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, keramika sanoatlari rivojlangan. Q. x. mashinalari ishlab chikaruvchi, farmatsevtika korxonalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x