FRIDRIX VILGELM

FRIDRIX VILGELM (Friedrich Wilhelm) (162088) Brandenburg kurfyursti (1640-y. dan), Gogensollernlar sulolasidan boʻlgan «Buyuk kurfyurst». Uning davrida Brandenburg Prussiya gersogligini (ungacha — Polsha leni boʻlgan) va b. yerlarni uzilkesil qoʻshib olgan. Prus absolyutizmiga asos solgan.

Fridrix Vilgelm I (1688—1740) — Prussiya qiroli (1713-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. «Taxtdagi feldfebel» laqabini olgan. Fridrix Vilgelm II (1744—97) — Prussiya qiroli (1786-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. 1792-y. inqilobiy Fransiyaga qarshi Avstriya bilan ittifoq tuzgan.

Fridrix Vilgelm III (1770—1840) — Prussiya qiroli (1779-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. 1807-y. dagi Tilzit sulhiga koʻra, Napoleon I ga Prussiya hududining yarmini bergan.

Fridrix Vilgelm IV (1795—1861) — Prussiya qiroli (1840-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. Ruxiy kasalligi tufayli 1857-y. dan davlat ishlaridan chetlashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x