FUGA

FUGA (ital. fuga — yugurish, qochish) — polifoniyanpt erkin uslubidagi murakkab va eng mukammal musiqiy shakli. Odatda, bir (oddiy Fuga), baʼzida ikki va undan ortiq (murakkab Fuga) mavzularni imitatsiya va b. polifonik vositalar yordamida rivojlantirishga asoslanadi. Fuga mavzusi ixcham boʻlib, muayyan obrazni aks ettiruvchi bir ovozli kuydir. Gomofoniya uslubi taʼsirida qaror topgan Fugada mavzuning barcha ovozlar boʻylab oʻtkazilishi (mavzuning «yugurishi» — nomi shundan) muayyan ladtonallik (garmoniya) rejasiga muvofiq bajariladi. «Fuga» atamasi dastlab (14—17-a. lar) kanonga nisbatan qoʻllanilgan. 17-a. daricherkar, kansona, fantaziya (I. Froberger, J. Freskobalvdi, Ya. Svelink) kabi cholgʻu shakllar zaminida Fuga yuzaga kelib, I. S. Bax, G. F. Gendel ijodida yuksak badiiy darajasiga koʻtariddi. Fuga mustaqil cholgʻu asar, tur kum shaklining muayyan qismi sifatida (mas, I. Bax, D. Shostakovich, Oʻzbekistonda — G. Mushel, T. Qurbonovlarning «Prelyudiya va Fuga» turkumlari), yirik asar tarkibida (messa, oratoriya, kantata — G. Gendel, Y. Gaydn, S. Taneyev; operada — M. Glinka, J. Verdi, R. Vagner; simfoniyada — S. Raxmaninov) boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x