MOSKVA VILOYATI

MOSKVA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1929-y. 14 yanv. da tashkil etilgan. Markaziy iqtisodiy r-nga kiradi. Mayd. 47 ming km2. Aholisi (Moskva sh. dan tashqari) 6564,1 ming kishi (1998), Moskva va Moskva sh. maʼmuriyatiga qarashli shahar va shaharchalar bilan birga 15193,3 ming kishi. Asosiy aholisi ruslar (93,5%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi — 79,7% (Moskvadan tashqari), Moskva va Moskva maʼmuriyatiga karashli shahar va shaharchalar bilan — 91,2%. M. v. da Moskva sh. atrofida RF dagi eng yirik shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Moskva viloyati 39 tumanga boʻlingan, 74 shahar, 111 shaharcha bor. Markazi — Moskva sh.

Moskva viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida, Volga va Oka daryolari oraligida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Viloyatning shim. qismida Moskva qirlari bor. Moskva viloyatining jan.-sharqiy qismida Meshchyora pasttekisliginmng garbiy chekkasi, jan. qismida Oʻrta Rossiya qirlarining shim. davomi (bal. 150—200 m) joylashgan. Iqlimi moʻtadil, kontinental. Yanv. oʻrtacha t-rasi —10°, iyulniki 17°. Baʼzan —45°, —50°gacha sovuq, yozda — 38°— 40° gacha issiq boʻlishi mumkin. Yillik oʻrtacha yogʻin 450—650 mm. Vegetatsiya davri 170 kunga yaqin. Moskva viloyati da-ryolari Volga havzasiga mansub. Shimolida Volga va uning irmoklari, jan. da Oka va uning irmoklari oqadi. Moskva viloyatining shim. qismidan Moskva nomli kanal kesib oʻtadi. Koʻllari: Trostenskoye, Nerskoye, Svyatoye va b. Har xil chimli podzol, krratuproklar asosiy oʻrin tutadi. Viloyat hududining 50% oʻrmon (qayin, togʻterak, qoraqaragʻay, qaragʻay va h. k.). Los, suvsar, qora sassiqkoʻzan, boʻrsiq, tulki, qobon, oq tovushqon, tiyin, har xil qushlar, suv havzalarida baliklar yashaydi. Viloyat hududida Los Oroli milliy bogʻi, Oka boʻyiterrasa qoʻriqxonasi bor.

Moskva viloyati eski sanoat r-ni. Manufaktura, keyinchalik f-ka sanoati (asosan, toʻqimachilik)ning dastlabki markazlari 18—19-a. larda vujudga kelgan. Hozirgi Moskva viloyati shahar atrofi intensiv qishloq xoʻjaligi bilan birga yuksak darajada rivojlangan industrial r-n. M. v. xoʻjaligining rivojlanishi Moskva sh. bilan chambarchas bogʻliq. Moskva viloyati hududida Moskva sh. ning xoʻjalik obyektlari, dam olish zonalari joylashgan. Sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo, malakali kadrlar va qudratli ilmiytexnika bazasiga tayanadi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik (energetika, ogʻir sanoat, transport, stanoksozlik, aniq mashinasozlik), yengil, kimyo, qurilish materiallari i. ch. Foydali qazilmalardan fosforit, torf, noruda qurilish materiallari qazib olinadi. Mashinasozlikning yirik korxonalari — Podolsk mashinasozlik z-di (issiqlik elektr stansiyalari uchun qozonlar ishlab chiqariladi), «Elektrostaltyajmash» z-di (prokat uskunalar), Dmitrov, Yegoryev, Kolomna stanoksozlik z-dlari (metall kesuvchi stanoklar), Mitishchi «Metrovagonmash (metropoliten vagonlari, yuk avtomobillari), Lika avtobus z-di (shahar avtobuslari), Serpuxov avtomobil z-di («Oka» yengil avtomobillari), Kolomna mashinasozlik z-di (magistral teplovozlar), Lyuberesk q. x. mashinalari z-di (silos bosish texnikasi), Podolsk mexanika z-di (tikuvchilik mashinalari), Krasnogorsk mexanika z-di (fotoapparatlar, optik texnika). Yengil sanoat korxonalari (viloyat umumrossiya gazmollar i. ch. ning 15% ga yaqini, trikotaj mahsulotlarining 10% ga yaqinini beradi) — «Orexovtekstil», «Gluxovtekst», «Oka» toʻqimachilik firmasi (paxta ipi, gazlamasi), Moshin, Pavlov-Posad kamvol k-tlari, Kupava yupqa movut f-kasi (jun ip va jun gazlama). Naro-Fomin ipakchilik k-ti, Ivanteyev trikotaj birlashmasi, Noginsk paypoq korxonasi, Lyuberesk gilam k-ti bor; kimyo sanoati korxonalari: fosforitlar va mineral oʻgʻitlar i. ch. korxonalari (fosfor va azot oʻgʻitlari), «Klinvolokno» (kimyo tolasi va ipi), «Karbolit» (plastmassa mahsulotlari), Sergiyev-Posad lok-boʻyoq z-di; «Stroy industriya» qurilish materiallari sanoati, Shatura va Kashira GRESlari ishlab turibdi. Qishloq xoʻjaligida shahar atrofi q. x. asosiy oʻrin tutadi (sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik). Dehqonchilikda ozuqa yetishtirish yetakchi oʻrinda (ekin maydonlarining 3/5 qismi ozuqa ekinlari bilan band), shuningdek, gʻallakorlik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, shu jumladan, yopiq gruntda (asosan, viloyatning Moskvaga yondoshgan r-nlarida).

T. i. uzunligi 2703 km, shu jumladan, 2120 km elektrlashtirilgan. Qattiq qoplamali yoʻllar 10 ming km. Yoʻllar zichligi 321 km/ming km2. Volga, Oka, Moskva daryolari va Moskva kanalida kema qatnaydi. Daryo portlari — Dubna, Serpuxov, Kolomna, Zaraysk, Voskresensk, Moskvaga Ryazan va Yaroslavldan neft quvuri oʻtkazilgan. Moskva atrofida taqsimlovchi halqa gaz quvuri bor. 4 aeroport: Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo. Moskva sh. atrofida 50 km radiusda dam olish zonalari boʻlgan oʻrmon-park ximoya mintaqasi ajratilgan.

Viloyatning ilmiy majmuasi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ilmiy markazlar: mudofaa yoʻnalishidagi — Korolyov, Ximki, Balashixa, Jukovskiy, Troisk; fundamental tadqiqotlar boʻyicha — Pushchino (biologiya fanlari), Chernogolovka (kimyo fanlari), Dubna va Protvino (yadro fizikasi).

Moskva viloyati dagi mashhur meʼmoriy tarixiy yodgorliklar — Sergiyev Posad, Zvenigorod, Volkolamsk, Kolomna, Vereya sh. lari va b. 19—20-a. larda rus madaniyati markazlari hisoblangan koʻp sonli muzeyusadbalar — Abramsevo, Muranovo, Ostafyevo, Arxangelskoye. Viloyatning xalq hunarmandchiligi — Gjel keramikasi, Fedoskino lok miniatyurasi, Jostovoning metallga gul solish, Zvenigorodning oʻyinchoq va musika asboblari mashxur. Sergiyev-Posad sh. da TroitsaSergiyev lavrasi mavjud. Bir qancha monastirlar (Iosifvolosk, Xotkov va b.) bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x