MORDIN

MORDIN — Turkiyaning jan. dagi oʻrta ayerlarga oid kalʼa. 13-a. 20-y. larida Mordin mustaqil boʻlib, uning hokimi Nosiriddin Ortuk, Arslon Mansur (1201—39). Mordin va Mayofarikinda hukm surgan ortuqiylar sulolasiga mansub edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur 1394-y. 3 yanv. da Mordinga kelib, uning hokimi Sulton Aliga kishi yuborib, «Biz Misr va Shom sori mutavajjih boʻlduk. Sen bizning soʻngimizda bot kelgaysen!», degan. Mordin hokimi axdu shartigʻa vafo qilmay, «muxolifat tariqasi andin zohir boʻldi». Sohibqiron 1394-y. 29 yanv. da Mordinga yurish qilib, uni qamal qilgan, 1394-y. 16 apr. da 2marta qamal qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, «Mordinga yetib, shaharni oʻrtada olib oʻlturdilar… sohibqiron bila shahzodalar va beklar otlanib naqqora va nafir chaldirub, qalʼagʻa muta-vajjih boʻldilar. Urush solib barchadin burun gʻoʻlning kishisi qalqonlar boshlarigʻa tortib yuridilar. Va cherik toʻrt yonidin suron solib, bari bir yoʻla hamla qilib, qalʼagʻa yetishib, shotular qoʻyub, qalʼa ustiga chiqib, anda turgʻon muxoliflarni surdilar, shahargʻa kirib shaharni oldilar». Shu asnoda Ulugʻbek tavallud topgani haqidagi xushxabar kelishi munosabati b-n sohibqiron Mordin aholisiga omonlik bergan. Koʻniya sultonligi va Japoliddin Manguberdi Mordinni oʻz tomonlariga ogʻdirish uchun koʻp harakat qilishgan. Nihoyat Mordin hokimi Jaloliddin tobeligiga oʻtgan.

Ad.: Sharafiddin Ali Yazdiy, 3afarnoma, T., 1997.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x