FONEMA

FONEMA (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mac, oʻzbek tilida k F. si yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b F. laridan farklanadi. Fonema qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.

Fonemaning belgilari farklovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farklovchi belgilariga koʻra, Fonemalar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. Fonemalar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, Fonema farqlanmaydigan, boshqa bir Fonema bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kucheiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada Fonema morfema va soʻzlarni farklash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kucheiz pozitsiyada esa Fonema bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz Fonemalar kucheiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kucheiz pozitsiyada Fonemaning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina Fonemaga tayangan morfema va soʻzlar juftida Fonema ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol — chal—choʻl). Fonemaning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon— armon, uni—unni).

Fonemaning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Mac, rus tilida undoshlarning qattiklik — yumshoklik belgisi farklovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farklovchi belgi emas. Muayyan bir Fonemani roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va …fon) deyiladi. Ular Fonemaning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.

Hoz. termin maʼnosidagi «Fonema» tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-a. ning 70—80y. larida ruspolya k til shu nosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. Fonema fonologiya va morfonologiyaiing oʻrganish obyektidir.

Ad.:Trubeskoy N. S ., Osnovы fonologii, M., 1960; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, lqism, T., 1980; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazыkovedeniye, M., 1998.

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x