MOYQUTLAR

MOYQUTLAR (Sylviidae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uz. 10—25 sm. Pati xira kulrang, qoʻngʻir yoki yashil tusga yaqin. 40 tacha urugʻga mansub 240 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, ayrim turlari Avstraliya va bitta turi Shim. Amerika (Alyaska) da tarqalgan. Oʻrmon, butazor, bogʻlar, qamishzor va dashtlarda yashaydi. Hasharotlar, baʼzi turlari mevalar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari, mas, krrabosh Moyqutlar yaxshi sayraydi. Oʻzbekistonda Moyqutlarning 9 ta urugʻi (penochkalar, kurgalaklar, asl moyqutlar, toʻqay chumchuqlar, jiqjiklar va b.) va 28 turi uchraydi. Togʻ oʻrmonlari va bogʻlarda kulrang moyqut va zavirushka, Qizil-qumda choʻl moyquti uya quradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x