MESSINA ZILZILASI

MESSINA ZILZILASI — Italiyaning Messina sh. yaqinida roʻy bergan zilzila. 1908-y. 28 dek. da sodir boʻlgan. Italiya tarixidagi eng kuchli va tala-fotli zilzilalardan biri. U dastlab soat 5 dan 21 min. oʻtganda uncha kuchli boʻlmagan yer silkinishlari bilan boshlandi. 10 minutcha davom etgan kucheiz silkinishlardan keyin 2 min. oʻtgach, asosiy zilzila sodir boʻldi. Bir zumda imoratlar quladi, dengizda, Sitsiliya, Kalabriya qirgʻoqlarida sunami roʻy berdi. Bir necha min. dan keyin Messina sh. ning koʻp joylarida yongʻin boshlandi. Zilzila oqibatida taxm. 84 ming kishi halok boʻldi. Messina zilzilasi magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha taxm. M-7,5 ga teng boʻlgan. 12 ballik MSK-64 shkalasi boʻyicha zilzila kuchi taxm. 10 ballga teng deb hisoblandi.

Ad.: Taziyev G., Kogda zemlya drojit, Messina zilzilasi, 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x