PRINSTON UNIVERSITETI

PRINSTON UNIVERSITETI — AQSHning yirik oʻquv va ilmiy markazlaridan biri. 1746-y. kollej sifatida Prinston sh. (Nyu-Jersi shtati) da tashkil etilgan, 1896-y. dan un-t ma-qomiga ega. Kollejda T. V. Vilson (1902—10 y. larda un-t rektori, 1912 — 21 y. larda AQSH prezidenti) oʻqigan. Texnika va fizikamat, fanlari, aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boʻyicha yirik oʻquv va i. t. markazi xisoblanadi. Fizika, mat., geol., geofizika, biol., kimyo, iqtisodiyot, falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, din, roman tillari va adabiyoti, german tillari va adabiyoti, jismoniy tarbiya va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Kutubxonalarida 2 mln. dan ortiq asar saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x