IZOFERMENTLAR

IZOFERMENTLAR (izo… va fermentlar) , izoenzimlar, izozimlar — maʼlum fermentning molekulyar shakllari. Bir tipdagi katalitik faollikka ega. Bir turdagi organizmlarda yoki bir hujayrada uchraydi. Bir xildagi reaksiyalarni tezlatadi, lekin tarki-bidagi aminokislotalari, baʼzi fizik, immunologik, adsorbsion va katalitik xossalari, fazoviy tuzilishi va b. bilan farq qiladi. Izofermentlarni elektroforsz yordamida bir-biridan ajratish mumkin. Koʻpgina fermentlar (laktat-degidrogenaza, malatdegidrogenaza, kreatinkinaza va b.) uchun izoform mavjudligi aniqpandi. Bitta ferment izoformlari Izofermentlar spektrini tashkil etadi. U odam, hayvon va oʻsimliklar orga-nizmining turli toʻqimalari uchun qatʼi xos boʻlib, baʼzi patologik holatlarda oʻzgarishi mumkin. Izofermentlarni aniqlash diagnostik axamiyatta ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x