TAʼLIQ

TAʼLIQ (arab. — osish, osib quiish) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. 14-a. da tavqe va riqo xatlari asosida ixtiro qilingan, ixtirochilari Tojiddin Salmoniy va Xoja Abulʼol. Tez yozish uslubida harflar bir-biriga osilib yoki ilinib turganday koʻrinadi (nomi ham shundan). Harflarning 5 qismi egri va 1 kismi toʻgʻri chiziklardan iborat. Taʼliq asosan insho va maktublarga tegishli boʻlib, munshiylar uni yuqoridan chapga qiyaroq qilib choʻzib yozgan. Shu jihati bilan shikasta xatiga oʻxshab ketadi. Dastlab munshiylar, idora kotiblari tomonidan ishlatilgan, rasmiy va shaxsiy yozishmalar, turli hujjatlarda qoʻllanilgan. Xoja Abdulhay Munshiy, Xoja Ixtiyor ushbu xat ustasidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x