TEMZA

TEMZA — Buyuk Britaniyadagi eng katta dare. Uz. 334 km, havzasining mayd. 15,3 ming km2. Kotsuold qirlaridan boshlanib, London havzasidan oqadi va keng estuariy hosil qilib Shim. dengizga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 260 m3/sek. Qishda toʻlib oqadi. Dengiz suvi koʻtarilganda Temzaning suv sathi London sh. yonida 6,5 m gacha koʻtariladi. Kema qatnaydi, London sh. gacha dengiz kemalari ham kira oladi. Temza boʻyida Oksford, London (dare va uning estuariysi boʻylab 60 km masofaga choʻzilgan) sh. lari joylashgan. Temza kanallar orqali Bristol qoʻltigʻi, Irlandiya dengizi va mamlakatning markaziy qismidagi sanoat markazlari bilan bogʻlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x