RIM HUQUQI

RIM HUQUQI — Qad. Rim huquq tizimi. Xususiy huquq va umumiy huqukni uz ichiga olgan. Unda mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va b. masalalarga oid qoidalar mukammal ishlab chiqilgan. Rim imperiyasining yuksalishi, uning boshqa davlatlarni bosib olishi bilan faqat rimliklarga tegishli boʻlgan bu qonunqoidalar talabga javob bermay qoʻydi. Buning ustiga nafakat Rimda, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida ham tovarpul munosabatlarining jadal rivojlanishi, birinchi galda, turli davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi mulkiy, savdosotiq munosabatlariga tegishli qoidalarni qayta koʻrib chikishni talab qilardi. Bu yangi Rim huquqi tarkibida xalqlar huquqi tizimining paydo boʻlishiga olib keldi. Ushbu huquq rimliklar va rimlik boʻlmagan shaxslar urtasidagi munosabatlarga tatbiq qilindi, Rim xususiy huquqi xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatning mumtoz huquqi hisoblangan. Koʻpgina mamlakatlar Rim huquqidan namuna olganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x