FOTIMA

FOTIMA (taxm. 605/606, Makka 632/633, Madina) — Muhammad (sav) ning kenja qizi. Fotimaga eʼtiqod qilish shialar oʻrtasida keng tarqalgan. Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi koʻpchilik sulolalar (idrisiylar, fotimiylar, saʼdiylar va b.), shuningdek, barcha sayyidlgr Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima goʻzal boʻlgani uchun nomiga Zahro ismi ham qoʻshib aytiladi. Fotimaning 5 farzandi: 3 oʻgʻil (Hasan, Husayn, Muhsin) va 2 qizi (Ummi Gulsum va Zaynab) boʻlgan. Muhammad (sav) vafotidan olti oydan soʻng Fotima olamdan oʻtgan. Madinaga borgan shia ayollar Fotima qabrini ziyorat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x