FEROMON

FEROMON (yun. phero — eltaman, olib boraman va hormao — harakatga keltiraman, qoʻzgʻataman) , x,asharotlar feromonlari — hasharotlar atrof muhitga chiqaradigan biologik faol moddalar, jinsiy attraktantlar. Hasharotlar jinsiy Feromon chiqarish bilan turli jinslarning bir-birini oʻzaro «topishishi»ni, jinsiy maylni, jalb qilish Feromoni bilan cheklangan maydonda juda koʻp hasharotlar toʻplanishini taʼminlaydi, «xavfxatar» F. i qochish, berkinish, hujumkorlik harakatlariga sabab boʻladi. Hoz. gacha turli hasharotlarning 300 dan ortiq Feromoni oʻrganilgan. Ular asosida juda koʻp sintetik Feromonlar yaratilgan.

Feromon hasharotlar harakatini boshqarishda samarali vosita hisoblanadi. Ulardan ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurashda feromon tutqichlar tarzida foydalaniladi. Sintetik Feromon zararkunanda hasharotlar sonini hisobga olish va prognozlashda, zararkunandalarni jalb etib, soʻngra ularni yoʻqotishda qoʻllaniladi.

Ad.: Minaylo V. A., Pyatnova Yu. B., Feromonы nasekomыx, M., 1984.

Abdukarim Zikiryoyev.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x