FENOMEN

FENOMEN (yun. phainomenon — sodir boʻluvchi) — 1) gʻayrioddiy, kamdankam boʻladigan hodisa, fakt;

2) histuygʻu tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi falsafiy tushuncha (bu maʼnoda oʻz mohiyati jihatdan intellektual mushohada predmeta sifatida namoyon boʻluvchi noumenning qaramaqarshisi). «Fenomen» atamasini Aristotel «koʻrinuvchi», «tuyuluvchi» maʼnosida ishlatgan. Leybnis esa bu soʻzni tajribadan maʼlum boʻlgan dalillarga nisbatan qoʻllagan. I. Kant F. tushunchasi yordamida mohiyatni hodisadan keskin ajratishga uringan va hodisani bilish mumkin, mohiyatni esa bilish mumkin emas deb hisoblagan (yana q. Mohiyat va hodisa).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x