RATSIONALIZM

RATSIONALIZM (lot. ratio — aql, aql-idrok) — aqlni bilishning va kishilar xulqatvorining asosi deb hisoblovchi falsafiy yoʻnalish. Irratsionalizm va sensualizmga qarama-qarshi turadi. 17 — 18-a. lardagi klassik Ratsionalizm (R. Dekart, B. Spinoza, N. Malbransh, G. Leybnis) oʻrta ayerlar sxolastikasi va diniy aqidalarga qarshi chiqib, butun dunyoda cheksiz sabablar silsilasi hukmron degan tabiiy tartibot goyasini ilgari surgan. Ratsionalizmga kura, ilmiy (yaʼni obyektiv, umumiy, zaruriy) bilimga bilishning manbai va uning haqiqiyligi mezoni — akl vositasidagina erishiladi. Ratsionalizm — maʼrifatchilik mafkurasi vakillarining falsafiy manbalaridan biri. Islom dini iloxiyotida Abu Mansur Moturidiy R. nuqtayi nazaridan fikr yuritgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x