FAXRIDDINOV

FAXRIDDINOV Zayniddin (1922.8.2 — Qibray tumani Yalangʻoch qishlogʻi —2000.11.8) — xalq seleksioneri, Oʻzbekistonda sitrus mevachilik asoschisi, Oʻzbekiston FA faxriy akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1967). Mehnat faoliyatini 1938-y. da Qibray tumanidagi jamoa xoʻjaligida boshlagan. 1960-y. dan jamoa xoʻjaligi issiqxonasida bogʻbon, 1966-y. dan gulchilik va sitrus mevachilik brigadasi boshligi. 19882000-y. larda limonariy jamoa xoʻjaligi boshligʻi. Vegetativ duragaylash usulida Meyer limoni naviga Novogruzinskiy limon navi kurtagini payvandlash va olingan avlodni payvandust bilan qayta payvandlash (Gʻ,— Gʻ47) yoʻli bilan serhosil, mevasi yirik, kasalliklarga chidamli F—1 Toshkent, Novogruzinskiy navi urugʻidan chiqqan niholga Novoafonskiy navi kurtagini payvandlash va payvandlashni olingan avlodlarda kayta takrorlash (Gʻ, — Gʻ3) yoʻli bilan F —2 Yubiley («Toʻyona») limon navlarini yaratdi va bu navlarning mukammal agrotexnikasini ishlab chiqdi. Bu navlar MDH mamlakatlarida koʻplab issiqxonalarda sanoat usulida yetishtiriladigan asosiy navlar hisoblanadi. Faxriddinov tashabbusi va rahbarligida Uzbekistonning koʻpgina viloyatlari xoʻjaliklarida issiqxona limonzorlari barpo etilgan.

As: Toshkent limoni, T., 1969; Zolotoye yabloko, T., 1982. Ad.: Aʼlam 3., Ota oʻgitlari, T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x