NORINJON BOBO MAJMUASI

NORINJON BOBO MAJMUASIQoraqalpogʻiston (Ellikqalʼa tumani) dagi meʼmoriy yodgorlik (10—18-a. lar). Majmua qad. qalʼa oʻrnidagi qab-riston markazi — Norinjon bobo maqbarasi atrofida turli davrlarda ziyoratxona, sharqiy maqbara (14-a.), xonaqoh ayvon, qalandarxona (18-a.) va b. qoʻshimcha xonalar qurib barpo etilgan. Norinjon bobo haqidagi aniq maʼlumotlar saqlanmagan. Maqbaradagi qabrtoshga «Bu oqil, obid, Alloh yoʻlida doimiy roʻzador, Alloh karo-matini yerda paydo etuvchi, Muhammad ibn Muso ibn Dovud Abu Abdulloh anNorinjoniy qabridur. Allohning unga va uning doʻstlariga rahmati boʻlsin, hijriy 712-y. v. e.» — deb yozilgan. Undagi girih naqshlar Termiziy maqbarasidagi qabrtoshga oʻxshashdir.

Dastlab murabba tarqli peshtoqsiz maqbara qurilgan (10-a.), ziyoratxona va uning yonidagi goʻrxona (14-a.) tomlari gumbazli qilib birlashtirilib oldiga peshtoq va chillaxona ishlangan. Sharkdan xonaqoh va ayvon bunyod etilib maqbaraning sharqiy eshigi oʻrniga meh-rob qurilgan. Peshtoqining sharqiy burchagida kichik minora, yonida qalandarxona qu-rilgan. 1981—83 y. larda ilmiy oʻrganilgan. Mustaqillikdan keyin qayta tiklandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x