KAYSONIYLAR

KAYSONIYLAR — 7-a. da shialar orasidan ajralib chiqqan firqa tarafdorlari. Shialarning 3-imomi Husayn 680-y. da Karbalo yaqinida qalok boʻlgandan keyin, 4-imomni eʼtirof etishda ular orasida ixtilof yuz bergan: ularning bir qismi Husaynning oʻgʻli Ali (Zayn al-Obidin)ni imom deb tanisa, boshqa guruhi Husayn oʻgʻillarining juda yoshligi va rahnamolikka qobil emasligini sabab qilib koʻrsatib, Alining Banu Hanifa qabilasidan oʻlja sifatida olingan kanizagidan tugʻilgan, janglarda ishtirok etib tanilgan oʻgʻli Muxammad (637—700)ni 4-imom deb eʼtirof qilgan. Barcha manbalarda onasi mansub bulgan qabila nomiga nisbat berilib u Muhammad ibn al-Hanafiya deb ataladi. Uning tarafdori boʻlgan shialar Muxtor ibn Abu Ubayd rahbarligida 685-y. da Kufada isyon kutarib, umaviylarga zarba bergan, Husaynni oʻldirganlarning koʻpini jazolagan. Qoʻlga tushirilgan Kufa xazinasidagi pullarni isyonchilarga taqsimlab bergan. Bu isyonda Abu Amr Kayson faol ishtirok etgan (firqaning nomi shundan). Keyinchalik ichki ixtiloflar natijasida isyonchilar yengilib, Muxtor halok boʻlgan (687). Muhammad ibn al-Hanafiya bevosita qoʻzgʻolonda ishtirok etmagan. K. Alini paygʻambarning qizi Fotimaga uylangani uchun emas, uziga xos imomlik xislati uchun imom deb taniydi, shu sababli, imomlik paygambar avlodiga oʻtishi shart emas deb hisoblab, Alining ikki oʻgʻli (Hasan va Husayn) dan keyin imomlik kanizakdan tugʻilgan 3-oʻgʻliga oʻtishi kerak, degan gʻoyaga asoslangan edi. Kaysoniylar firqasi kamayib, keyinchalik (9-a. oʻrtalarida) tamoman yuqolib ketgan, shialarning koʻpchiligi tomonidan Ali 4-imom sifatida tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x