SINOV

SINOV — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti talabalari va kasb-hunar kolleji, akademik litsey oʻquvchilarining lab. ishlari, kurs loyihalarini bajarishlarini, shuningdek, amaliy va seminar mashgʻulotlarida, oʻquv hamda i. ch. amaliyotlari jarayonida olgan bilim va malakalarini aniqlash hamda baholash usuli. Muayyan semestr davomida oʻquv rejasida koʻzda tutilgan barcha Sinovlarni topshirish talaba va oʻquvchilarning imtihrn sessiyasiga qoʻyilishidagi muhim shart hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti, kasbhunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha olinadigan sinovlarga reyting baholari qoʻyiladi. Bu hol S. ning differensial oʻtkazilishini, har bir talabaning oʻzlashtirish darajasini aniq hisobga olish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x