PIREY — Gretsiyadagi shahar. Pirey nomi (viloyati)ning maʼmuriy markazi, Katta Afina tarkibida. Axoliyey 183 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Egey dengizining Saronikos qoʻlti-gʻidagi muhim tashqi savdo porti. La-takiya sh. ga (Suriya) parom qatnaydi. Metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik va kema taʼmirlash, avtomobil yigʻish), kimyo, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Antik davr binolari qoldikdari saqlangan. Dengiz kurorti. Turistlar koʻp keladi. Harbiy-dengiz bazasi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые