MAHMUD GʻAZNAVIY

MAHMUD GʻAZNAVIY, Abulqosim Mahmud ibn Sabuqtegin (967 — Gʻazna, 1030) — davlat arbobi va harbiy sarkarda, Gʻaznaviylar davlati hukmdori (998—1030). Sabuqteginttg oʻgʻli. Yoshligida otasidan harbiy sanʼ-atni puxta egallagan. Somoniylarga qarshi isyon koʻtargan turk amirlari Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa qarshi janglarda otasining qoʻshinida qatnashib, katta jasorat koʻrsatgani uchun «sayf uddavla» («davlat qilichi») unvoni bilan taqdirlandi (994). Gʻaznaviylar davlatining Nishopurdagi no-ibi (994—997). Otasi vafotidan soʻng taxtni egallagan (998-y. dan). Marv yaqinidagi jangda somoniylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan (999. 16.5). Somoniylar davlati agʻdarilgach, Mahmud gʻaznaviy F. Bagʻdod xalifasi al-Qodir (hukmronligi, 991 —1031)dan «yamin uddavla va amin ulmilla» («davlatning oʻng qoʻli va millatning ishonchi») degan faxriy unvon va Xuroson hokimligi haqida yorliq olgan (999). Krraxoniplar xoni Nasr M. Gʻ. ga elchi yuborgan; 1001-y. da qoraxoniylar bilan tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq, har 2 davlat oʻrtasidagi chegara chizigʻi qilib Amudaryo belgilandi. Shunday qilib, Somoniylar davlati oʻrnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. Mahmud gʻaznaviy F. qoʻlida Shim. Hindiston chegarasidan tortib Xazar (Kaspiy) dengizigacha choʻzilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga Shim. Hindiston, Xorazm va Gʻarbiy Eron ham kiritilgan. Qoraxoniylar bilan ayrim urushlar (1006—08)dan soʻng, Chagʻoniyon, keyinchalik Xuttalon, Qabodiyon viloyatlari va Termiz, Amul (Chorjoʻy)ni ham oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. Mahmud Gʻaznaviy yirik harbiy yurishlar olib borish b-n birgalikda qoʻshni davlatlar hukmdorlari bilan diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari oʻrnatgan. Bayhaqiyning yozishicha, Xorazmdagi xalq gʻalayonlari oqibatida 1016-y. da Abul Abbos Maʼmun qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz Muhammad ibn Maʼmun oʻtirdi. Mahmud Gʻaznaviy bu xabarni eshitgach, qasos olish bahonasida katta qoʻshin (100 ming askar, 500 fil) bilan kelib, Xorazm davlati poytaxti Qiyotni egallagan (1017) va hojib Oltintoitk Xorazmda oʻz noibi qilib qoldirgan va Beruniy boshchiligidagi olimlar, shoirlar va sanʼ-atkorlarni, shuningdek, yosh xorazmshohni butun sulolasi bilan Gʻaznaga olib qaytgan.

Fors tarixchisi Gardiziynnt «Zayn al-axbor» («Xabarlar koʻrki») asarida (1050—52) yozilishicha, 1025-y. da Samarqandning jan. da oʻsha davrning 2 buyuk hukmdori: M. Gʻ. va qoraxoniylar tamgʻachxoni Qodirxon oʻrtasida tarixiy uchrashuv boʻlgan. Ikki oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra qoraxoniylarning Samarqanddagi noibi AliteginldM Movarounnahr qaytarib olinib, Qodirxonning oʻgʻli Yiganteginga berilgan. Tazyiqqa uchragan 4 ming oʻtovli oʻgʻuz xonadonlari (Sal-juqnint avlodlari) Mahmud Gʻaznaviyning ruxsati bilan oʻsha yili Nurota atrofidagi Xurosonga koʻchirilgan. Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylar bilan oʻz mavqeini mustahkamlab, asosiy eʼtiborni Shim. Hindistonni oxirigacha zabt etishga qaratgan. U Panjob va Kashmir viloyatlariga 17-marta harbiy yurishlar uyushtirgan (1002—28). Mahalliy aholini islom diniga kiritgan. Uning harbiy safarlarida Beruniy hamkorlik qilgan. Beruniyning mashhur «Hindiston» (1030—31) asari ushbu safarlar natijasida vujudga kelgan. Mahmud Gʻaznaviy arab va pahlaviy (fors) tillarini puxta bilgan, turkiy tilda sheʼ-rlar bitgan. Oʻz davlatining poytaxti Gʻaznada nodir kitoblardan katta ku-tubxona toʻplagan. Bu davrda islom madaniyati rivojlanishi va islom dini tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, oʻz saroyida 400 dan ortiq olimlar, shoirlar va sanʼatkorlar (Beruniy, Unsuriy va b.)ni toʻplab, ularga homiylik qilgan. Qudratli va jangovar harbiy qoʻshin hamda dengiz flotiga ega boʻlgan. Gʻaznada vafot etgan, qabrida maqbara oʻrnatilgan. Sharq allomalarining asarlarida Mahmud Gʻaznaviy adolatli va fuqaroparvar podsho, dushmanga nisbatan shafqatsiz sarkarda sifatida tasvirlanadi.

Ad.: Beruniy, Hindiston [Tanlangan asarlar], 2-j., T., 1965; Abu-l-Fazl Beyxaki, Istoriya Masʼuda (1030—1041), T., 1962; izd. 2, M., 1969; Abu Saʻid Gar-d iziy , Zayn al-axbar, T., 1991; Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, Mahmud gʻaznaviy, 1971; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x