OʻRTA DENGIZ GEOSINKLINAL MINTAQASI

OʻRTA DENGIZ GEOSINKLINAL MINTAQASI — Yerning asosiy harakatchan zonalaridan biri boʻlib, kechki tokembriy va fanerozoy mobaynida rivojlangan. Mintaqa umumiy keng yoʻnalish boʻylab choʻzilib, Atlantika okeanidan Tinch okeangacha: Markaziy va Janubiy Yevropani, Shim. va Gʻarbiy Afrika (Magʻrib), Oʻrta dengiz, Kavkaz, Osiyo gʻarbi, Pomir, Tibet, Himolay, Hindixitoy ya. o. va Indoneziyani qamrab olib, shu yerda Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan tutashgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi UralOxota mintaqasi bilan, Britaniya o. lari rayonida Shim. Atlantika mintaqasi bilan deyarli yondashgan. Etap oʻrtacha masshtabdagi burmalanish, metamorfizm va granit hosil boʻlishi bilan yakunlangan. Paleozoy va mezozoy yakunlarida Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi oʻrnida juda katta Tetis okeani paydo boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x