SULFIDLASH — 1) rangli metallurgiyaaat texnologik usul; rudalardan metallarni ajratib olishni osonlashtirish uchun ularni sulfid shakliga oʻtkazish. Sulfidlovchilar sifatida gips (CaSO42HO) va pirit (FeS2) ishlatiladi. Ular shixta massasining 5—7 foizini tashkil qiladi. Sulfidlash nikel i. ch. da keng tarqalgan. Nikel rudasi (rudada 1% Ni, 0,025% So boʻladi) keraksiz jinslardan ajratilib, boy (22% Ni) shteynlar hosil qilinadi. Sulfidlashdan qoʻrgʻoshinni misdan xomaki tozalashda, rudalarni boyitishda ham foydalaniladi;
2) poʻlat detallar sirtining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun sirtni oltingugurt bilan toʻyintirish.