BULDURUQOʻT

BULDURUQOʻT (AN5ta plantago aquatica L.) — alismadoshlar yoki bulduruqdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi 40—150 sm, bargsiz, tik oʻsadi. Ildiz boʻgʻzi barglari tuxumsimon, uzun bandli. Gullari oq yoki och pushti, sochoq roʻvak toʻpgulga toʻplangan. Mevasi — ovalsimon urugʻ. Iyunsent. gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan hamda ildizpoya kurtaklaridan koʻpayadi. Bir tupi 21 mingtagacha urugʻ beradi. Oʻsib turgani mol va otlar uchun zaharli. Ildizpoyasidan kraxmal olish mumkin. Ildizi va barglari quritilgan holda xalq tabobatida ishlatiladi.

Bulduruqoʻt siyrak chiqqan sholipoyada ayniqsa kuchli rivojlanadi. Sugorish shoxobchalarida koʻp oʻsadi. Urugʻlikni tozalash, gerbitsidlarni purkash yoʻli b-n yoʻqotiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x