BIKANER

BIKANER — Hindistonning shim. gʻarbiy chekkasidagi shahar, Rajastxon shtatida, Tar chulida. Aholisi 415 ming kishi (1991). T. y. tuguni. Savdo markazi. Kimyo sanoati rivojlangan. Kichikroq elektrotexnika va mexanika korxonalari bor. B. yaqinidan fosfor, asbest, gips olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam, jun roʻmol toʻqiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, fil suyagidan turli badiiy buyumlar yasaladi. Bikanerga 1488-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x