ETANOLAMIN FOSFAT

ETANOLAMIN FOSFAT, 2>Sh2S2N4ONN3R04 oq rangli kristall modda. Mol. m. 220. Suyuqlanish t-rasi 119°, zichligi 1505 kg/m3. Oʻzbekiston FA Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan monoetanolamin bilan ortofosfat kislotani oʻzaro taʼsir ettirib olingan yangi modda.

Etanolamin fosfat 8 qirrali prizma shaklidagi monokristallardan iborat boʻlib, tarkibida 12,72% azot, 32,31% fosfor (V) oksid bor. Suvda 56,5% (25°da) eriydi. Kuchli oʻstiruvchi modda — stimulyator. Etanolamin fosfatning suvdagi eritmasi oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishini tezlashtiradi. Etanolamin fosfat asosida olingan «Hosil» seriyasidagi preparatlar qoʻllanganda gʻoʻza chigitining unib chiqish quvvati 5—6%, gʻoʻza ildizi massasi 20—30%, boʻyi 40—45%, barg yozish maydoni 70 — 80%ga, bugʻdoy hosili esa gektariga 4 — 5 s ga oshadi. Urugʻ bexato unib chiqadi, chigit moyi koʻpayadi, paxta tolasining sifati yaxshilanadi. Etanolamin fosfatning 0,005%li eritmasi yumshatuvchi taʼsirga ega boʻlib, magniy xlorat, natriy xlorat kabi defoliantlarta bu eritma bilan ishlov berilsa, defolyatsiyadan soʻng gʻoʻza barglari 85—87% gacha nam holda toʻkiladi, yosh koʻsaklar saklanib qoladi, paxta hosildorligi gektariga 2—3 s. ga oshadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x