PEKARSIMONLAR

PEKARSIMONLAR (Tayassuidae) – kavsh qaytarmaydigan juft tuyoklilar oilasi. Uz. 100 sm gacha, vazni 30 kg gacha, boʻyi 44—57 sm. Tashqi qiyofasi choʻchqaga oʻxshab ketadi; oyoqlari ingich-ka, orqa oyoqlari 3 barmokli. Oshqozoni 2 boʻlmadan iborat. Gavdasi orqasida muskus tipidagi bezi bor. 2 urugʻi, 3 turi Amerika qitʼasida, asosan, Shim. Amerikaning jan.-gʻarbiy qis-mida, Markaziy va Jan. Amerikada tarqalgan. Poligam, oʻrmonlarda poda boʻlib yashaydi. Har xil oziqlanadi. 1 — 2 ta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 142 — 158 kun. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 1 turi Xalqaro Qizil kitobga ki-ritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x