PIROLIZ

PIROLIZ (yun. rug — olov va…liz) — pirogenetik jarayonlardan biri; murakkab moddalarni ularga havo bermay (koʻpincha katalizatorlar b-n) yuqori t-ra taʼsirida oddiy moddalarga parchalash. Piroliz texnikada, mas, neftni qayta haydashda (benzin miqdorini oshirish va aromatik uglevodlardan olish uchun) keng qoʻllanadi. Neftni maxsus pechlarda 600—750° gacha qizdirganda uglevodorodgacha boʻlgan mol. m. si kichik birikmalar hosil boʻladi; ayni vaktda zichlashish reaksiyasi roʻy berib, mol. m. si yuqori boʻlgan moddalar, aromatik va toʻyinmagan uglevodorodlar vujudga keladi. Neft P. kilinganda uglerodli qoldiq, neft koksi va b. hosil boʻladi. T-ra, bosim va qizdirish davomiyligi Piroliz natijasiga taʼsir kiladi. Pirolizda ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalar, xalq xoʻjaligining turli tarmoqdarida qoʻllanadigan uglevodorodlar (yogʻoch spirti, sirka kislota va b.), qazib olinadigan koʻmirlardan koks, gaz va b. olishda qoʻllanadi. Sanoatda metall karbonillarini Pirolizga uchratib metall kukunlari hosil qilinadi. SaSO3 dan kalsiy oksidi, baʼzi anorganik tuzlarni pirogidroliz qilish yoʻli bilan oksidlar olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x