XARTUM

XARTUM — Sudanning poytaxti. Mamlakatning eng yirik shahri, savdomoliya, sanoat va madaniyat markazi. Koʻk Nilning chap va Oq Nilning oʻng sohilida, ular qoʻshilgan yerda 380 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanv. ning oʻrtacha trasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 160 mm. Transport yoʻllari chorrahasi, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xartumda xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, toʻqimachilik, koʻnteri, rezinatexnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor.

Shaharga 1822-y. da misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825-y. dan Sudan poytaxti. 1898-y. da inglizlar bosib olgan. 1956-y. dan mustakil Sudan poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), Jome masjidi (1900) va b. saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x