POPOPCHILIK

POPOPCHILIK — mashinada kashta tikish kasbi; popop mashinada yoʻrma (popop) chokida amaliy bezak sanʼati asarlari, badiiy buyumlar (choyshab, soʻzana, palak, yostiq jildi, doʻppi va b.) tayyorlash. 19-a. da Oʻrta Osiyoga, jumladan, Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan. Badiiy buyumlar avval yakka tar-tibda, keyinroq artellarga birlashib, hozirda f-kalarda tayyorlanadi. Satin, duxoba, baxmal va b. sidirgʻa matolarga tikiladi. Naqsh-gullar avvaldan tayyorlangan axtalar yordamida bezatiladigan yuzaga tushirib olinadi, soʻngra rang-barang ipaklarda tikiladi. Toshkentdagi «Sharq guli» f-kasi (hoz. ak-sionerlik jamiyati) va b. da nozik did bilan nafis, jozibali nakshlar bilan bezatilgan Popopchilik buyumlari koʻplab ishlab chiqariladi. Bunday bezatilib yaratilgan badiiy buyumlar qizlarning sepiga kirgan, sovgʻa sifatida xorijga ham chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x