Shamsharov Yo‘ldosh 

Tarjimai hol

Yo‘ldosh Shamsharov romannavis sifatida ham qalam tebratgan.

Mohir jurnalist va nosir Yo‘ldosh Shamsharov 1907 yilda Namangan viloyati Chust tumaniga qarashli Olmos qishlog‘ida tavallud topgan. Avval eski maktabda, so‘ngra yangi maktabda hamda qisqa pedagogik kurslarda ta’lim olgan.

20-yillarning o‘rtalaridan boshlab yoshlar tashkilotlarida rahbar va tashkilotchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1933 yilda Farg‘ona davlat instituti (hozirgi universitet) qoshidagi til va adabiyot fakultetini tamomlagan. Xuddi shu davrdan boshlab uning Toshkentdagi ijodiy faoliyati boshlangan.

Avval «Yosh leninchi» (hozirgi «Turkiston») gazetasida mas’ul kotib, so‘ng esa «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi») gazetasining mas’ul muharriri vazifasida ishlagan. Ma’lum muddat O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida nashr ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasida mas’ul kotib vazifalarini bajargan.

Adib 1987 yilda vafot etgan.

Uning ocherk va hikoyalaridan tarkib topgan «Orzigul», «Jasorat yo‘li», «Inson qalbi», «G‘urumsaroyliklar», «Paxta manbai», «Mashhurlik» va «Daryo» kabi to‘plamlari mehnatkash va bunyodkor xalqimizning orzu-armonlari ifodasi sifatida ma’lumdir. Yo‘ldosh Shamsharov romannavis sifatida ham qalam tebratgan. Uning «Chiroq» (1973) romani Yo‘ldosh Oxunboboyev hayotiga bag‘ishlangan.

Adib mohir tarjimon sifatida samarali faoliyat ko‘rsatgan. Xususan, I.Turgenevning «Arafa», «Dvoryanlar uyasi», «Mumu», D.Defoning «Robinzon Kruzo» hamda G.Nikolayevaning «O‘rim» kabi romanlarini o‘z ona tiliga ag‘dargan.

Yo‘ldosh Shamsharov o‘zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari uchun «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x