TIBET-BIRMA TILLARI

TIBET-BIRMA TILLARI – xitoy-tibet tillari oilasining 2 asosiy tarmogʻidan biri; asosan, Myanma (sobiq Birma) , Xitoy, Hindiston va Nepalda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 70 mln. kishiga yaqin (1990-y. lar oʻrtalari). Bir necha asosiy guruhlarga boʻlinadi (u yoki bu guruhga mansub bulmagan tillar ham bor): lolobirma guruhi Xitoy va Myanmada tarqalgan birma, i, lisu, xani, laxu, nasi va b. tillarni oʻz ichiga oladi; tibet guruhi tibet tili va uning laxjalari, tamanggurung tillarini kamrab oladi; kukin aga guruhi manipuri, lushey kabi tillardan iborat, karen guruhi bodo, garo, tipera, kachin kabi koʻplab tillarni qamrab oladi; sharqiy himolay guruqiga Nepal sharqidagi limbu, sunvar kabi tillar, gʻarbiy himolay guruhiga esa Shim. Hindistondagi kanauri, rangkas va b. tillar kiradi.

Tibet-birma tillari boʻgʻinli amorf tillardan boʻlib, muayyan darajada agglyutinatsiyaga moyilligi bor. Morfemalar, odatda, bir boʻgʻinli boʻlsa ham, baʼzan istisnolar uchraydi. Boʻgʻinlar barqaror qurilishga ega, soʻz boshida qoʻshaloq undoshlar boʻlishi mumkin. Soʻz yasalishida oʻzaklarni qoʻshish ustunlik qiladi. Gapda soʻzlar oʻrtasidagi munosabatlar soʻz tartibi asosida va yordamchi morfemalar orqali ifodalanadi. Yordamchi morfemalar kupincha postpozitiv holatda boʻladi; kesim gapning oxirida keladi.

Ayrim Tibet-birma tillari ideografik yoki boʻgʻinli yozuvga ega boʻlsa (nasi, i va ulik tangut), baʼzilar qad, hind yozuvidan kelib chiqqan alifbolardan foydalanadi (tibet, birma, nevar, rong, karen tillari). Xitoydagi va Myanma shim. dagi baʼzi tillar uchun yakindagina lotin alifbosi asosida yozuvlar yaratilgan. Tibet va birma tillaridan boshka Tibet-birma tillari yaxshi oʻrganilmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x