SOQIYNOMA

SOQIYNOMA (soqiy va noma) — 1) Sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr. Odatda, har bir bandi bevosita soqiyga murojaat sifatida boshlanib, keyin shoirning kechinmalari tasvirlangan. Soqiynoma rasman marhumlar xotirasiga bagʻishlansada, unda shoirning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlari ham oʻziga xos lirik tarzda aks etgan. Fors tilidagi dastlabki Soqiynomalar Nizomiy («Layli va Majnun» debochasida), Salmon, Hofiz qalamiga mansub. Oʻzbek adabiyoti tarixida bu janrni Alisher Navoiy asoslagan. Navoiyning «Xazoyin ulmaoniy» asaridagi 32 band (458 bayt)dan iborat Soqiynomasi qoʻyilgan masalalarning kengligi, aniq tarixiy sharoit va voqealar bilan bevosita bogʻlanganligi jihatidan ajralib turadi. Bu asar oʻziga xos izchil uslubga ega. Unda Navoiyning shaxsiy turmushi bilan bogʻliq detallar hamda shoirning oʻz davri va zamondoshlariga bergan bahosi poetik ifodasini topgan. Navoiydan keyin fors, tojik va turkiy tillarda (Fuzuliy, Surush va b. tomonidan) bir necha Soqiynoma yaratilgan;

2) yengil va jonli surʼatdagi mashhur doira usuli (bakabakabumbum); mazkur usulda aytiladigan ashula yoʻllari nomi. Shashmaqomning Savt va Moʻgʻulchalar shoʻbalari tarkibida boʻlib, ular nomi bilan qoʻshib ataladi. Mas, Si Savti Sarvinoz (Buzruk maqomida), S. i Savti Kalon, Si Savti Sabo (Rostda). Dastlab Soqiynoma janridagi sheʼrlar bilan, keyinchalik vazn jihatdan mos keladigan boshqa gʻazallar bilan ham ijro etilgan. Soqiynoma yoʻllari raqsga joʻrnavoz sifatida ham aytilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x