TRIYEST

TRIYEST — Italiyaning shim. kismidagi shahar. FriuliVenetsiyaJuliya viloyati va Triyest provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 209,5 ming kishi (2001). Triyest koʻltigʻi sohilidagi port. Albaniyaning Durres sh. ga parom katnaydi. Kemasozlik, kema dvigatellari ishlab chiqarish., neftni qayta ishlash, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Ingoloʻitadt (GFR) sh. ga neft quvuri oʻtkazilgan. Unt va muzeylari bor. T. — kad. shaxar. 20-a. boshlarigacha turli davlat va knyazliklar tarkibidagi muhim sanoat markazi boʻlgan. 1947—54 y. larda inglizamerika harbiylari nazorati ostidagi «Erkin hudud» qilib ajratildi. 1954-y. gi Italiya bilan Yugoslaviya bitimiga koʻra, Triyest va uning gʻarbidagi yerlar Italiya ga, sharkidagi hudud Yugoslaviya (hoz. Sloveniya) ga oʻtdi. Meʼmoriy yodgorliklardan Rim davriga oid binolar, SanJusto va Buyuk Mixail cherkovlari, Venetsiya qalʼasi (14-a.) va b. saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x