TROPIZM

TROPIZM (yun. tropos — burilish, yoʻnalish) — fizik, kimyoviy va b. qoʻzgʻatuvchilarning bir yoklama taʼsirida oʻsimlik aʼzolarining burilib oʻsishi. Tropizm qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiriga karab fototropizm (bir tomonlama yoritilishi tufayli), geotropizm (Yerning tortish kuchi taʼsirida), gidrotropizm (tuproq namlanishining yoki havo muhitining har xilligi tufayli) va b. ga boʻlinadi. Tropizmni keltirib chiqargan taʼsirot yoʻqotilganda oʻsimlik ilgarigi holatiga qaytishga harakat qiladi (q. Avtotropizm). Oʻsimlik taʼsirot tomonga burilib oʻssa — musbat, uning aksi boʻlsa — manfiy Tropizm deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x