TRIMMER

TRIMMER (ing. trimmer — tartibga solmoq) — 1) aviatsiyada — uchish apparati (mas., samolyot) ruli (yoki eleron) ning quyruq qismidagi kichkina ogʻdiruvchi qism. Apparatni boshqarish tizimidagi zoʻriqish (kuch) ni kamaytirish uchun xizmat qiladi;

2) irgʻituvchi konveyer; koʻchma yuk ortishtushirish mashinasi. Yuk ortish yoki tushirish paytida Trimmer rotori parraklari, disk yoki harakatlantiruvchi lenta yuk (tuproq, don va b.) ga kinetik energiya uzatadi, natijada yuk ancha (30 m gacha) masofaga irgʻitiladi. Trimmer shaxtalarda, Trimmer koʻtarmalari qurishda, kemalar, omborlar, vagonlarga yuk ortishtushirishda ishlatiladi;

3) radiotexnikada — kichik oʻzgaruvchan sigʻimli elektr kondensator. Radioelektron qurilmalar, rezonansli tebranma konturlarning sozlovchi elementa sifatida ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan Trimmer oʻzgaruvchan sigʻimli, bitta stator, bitta rotor plastinali yassi kondensatorlardan iborat. Baʼzan, ikki (va koʻproq) koaksial keramik silindr yoki metall plastina (havo tirqishli), metallashtirilgan keramik naycha va oʻzakdan iborat tizim ham boʻlishi mumkin. Trimmerning sigʻimi va uning oʻzgarish diapazoni, odatda, bir necha pf (pikofarada) yoki bir necha oʻn pf ni tashkil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x