DENGIZ SUVI

DENGIZ SUVI, okean suvi — dengiz va okeanlar suvi. Dunyo okeani suvining umumiy hajmi 1370 mln. km3, bu esa Yer sharidagi barcha suvning 98% ini tashkil qiladi. Dengiz suvi yeda mineral tuz, gaz (asosan azot, kislorod, karbonat angidrid, vodorod sulfid) va kam mikdorda organik moddalar (1—5 mg/l) erigan holda boʻladi. Dengiz suvi yeda deyarli barcha kimyoviy elementlarni topish mumkin. Dengiz suvi yeda erigan moddalarning 99,9% dan ortiqrogʻi tuzlardan iborat. Dengiz suvining oʻziga xos xususiyatlaridan biri uning shoʻrligi va xlorliligidir. Dengiz suvining shoʻrligi (%o) 1 kg Dengiz suvi yeda erigan holda necha gramm qattiq jismlar borligi b-n oʻlchanadi. Dengiz suvining oʻrtacha shoʻrligi okeanda 35%o ga yaqin. Dengiz suvining zichligi uning t-rasi, shoʻrligi va bosimiga bogʻliq. Shoʻrligi 35%o boʻlgan Dengiz suvining zichligi (t-rasi 4° boʻlgan distillangan suvga nisbatan) 0° da 1,028126 va 20° da 1,024781.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x