FARHOD GES

FARHOD GES — Sirdaryoning oʻrta oqimida, Farhod gidrouzelida joylashgan gidroelektr stya. «Uzbekenergiya» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoʻba korxona. GES qurilish haqida qaror 1942-y. 18-mayda qabul qilingan. GES qurilishi 1943-y. 10 fev. da umumxalq qurilishi sifatida — hashar yoʻli bilan boshlangan. 1948-y. 1gidroagregata ishga tushirilgan, 1949-y. iyun oyidan oʻrnatilgan umumiy quvvati 126 MVt boʻlgan 4 ta gidroagregatli stya toʻla quvvat bilan ishlay boshladi, 1951-y. da sanoat foydalanishiga qabul qilindi. Sirdaryo viloyati shaxar va tumanlarini, shuningdek, «Bekobodsement», «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» kabi yirik korxonalarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 110, 35,6 kV kuchlanishda uzatiladi. Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi («Energiya» birlashgan dispetcherlik markazi) ga ulangan. 2003-y. da 562 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x