SHILPILDOQ

SHILPILDOQ — xamirdan tayyorlanadigan taom turi. 1 kg qoʻy yoki mol goʻshtini qozondagi suvga solib, sust olovda 1—1,5 soat davomida qaynatiladi. Goʻsht pishgach, shoʻrvadan olib toʻgʻraladi, sardagi esa yigʻib olinadi. Sardakka toʻgʻralgan pishgan goʻsht, 2—3 bosh piyoz, oshkoʻklar, 1—2 ta mayda toʻgʻralgan sabzi qoʻshib bir oz qaynatiladi, tuzi taʼbga qarab solinadi. Bugʻdoy unidan xamir qorib, ozroq oʻrab qoʻyiladi, soʻng yupqa qilib yoyiladi va 5×5, 7×7 sm kattalikda kesiladi. Kesilgan tayyor xamir goʻsht qaynagan suvda pishirib laganga suziladi ustiga sardak va oshkoʻk solib dasturxonga tortiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x