TRANSLOKATSIYA

TRANSLOKATSIYA (lot trans orqali, locatio — joylashish) — xromosomalar bir qismining oʻsha xromosomaning boshqa qismiga yoki ikkinchi xromosomaga oʻtib qolishi; xromosomalar qayta qurilishi (xromosoma aberratsiyalari), yaʼni mutatsiya xillaridan biri. Agar xromosomaning uzilgan qismi oʻsha xromosomaning boshqa joyiga ulansa, xromosoma ichidagi Translokatsiya, boshqa xromosomaga oʻtib qolsa xromosomalararo Translokatsiya deyiladi. Mac, Daun sindromida 15 va 21 xromosomalardan kichik qismlari ajralib, oʻrinlarini almashtirib joylashadi. Translokatsiya asosida xromosomalarning nogomologik qismlari oʻrtasidagi almashinuv yotadi. Translokatsiyada genlar mikdori oʻzgarmagan holda ularning oʻrni oʻzgaradi. Translokatsiya ogʻir irsiy kasalliklarga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x