TRAKAY

TRAKAY (Trakai) (1917-y. gacha rasmiy nomi Troki) — Litvadagi qad. shahar. Trakay tumani markazi. Trakay koʻllari oʻrtasida joylashgan. Vilnyusdan 28 km gʻarbda (avtobuslar qatnaydi). Yaqin t. y. stansiyasi — Lentvaris (9 km). Aholisi 6,2 ming kishi (1995). Landshafti muhofaza qilinadi. Tarixiy muzey bor. T. ga 1341-yilda asos solingan. 14—15-a. larda buyuk Litva knyazligining muhim siyosiy markazi va Litva knyazlari qarorgohi. Mudofaa majmuasi (shu jumladan, Galva koʻlidagi orolda joylashgan qasr, 14 — 15-a. boshi), Vituato cherkovi (15—18-a. lar), atrofida yogʻochdan ishlangan karaimlar ibodatxonasi (19-a. ning 1yarmi) kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Trakayda har yili xalqaro suv sporti musobaqalari boʻlib oʻtadi. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x