TASMASIMON CHUVALCHANGLAR, sestodlar (Cestoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, baʼzan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uz. mm ning bir necha ulushidan 30 m gacha, bosh (skoleks), boʻyin va strobiladan iborat. Boshida yopishuv organlari (soʻrgʻichlar, ilmoqlar, xartumlar va b.) joylashgan. Boʻyin qismi oʻsuvchi yosh boʻgʻim (proglotid)lardan iborat. Strobilasi, odatda, bir nechtadan oʻnlab, hatto yuzlab boʻgʻimlarga boʻlingan. Jinsiy organlari germafrodit, har bir boʻgʻimida bitta yoki bir juftdan boʻladi. Tanasi botib kirgan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Ichagi boʻlmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni soʻrib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln. gacha tuxum qoʻyadi. Xoʻjayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmokli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xoʻjayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xoʻjayin finnali organ (goʻsht, jigar va b.)ni yeb, parazitni yuktiradi. Asosiy xoʻjayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi boʻgʻimlar chiqarib oʻsadi. Ayrim Tasmasimon chuvalchanglar 2 oraliq xoʻjayinda rivojlanadi. 9—10 turkum, 3000 ga yaqin turi bor. Tibbiy nuqtayi nazardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, zanjirsimon tasmali chuvalchanglar, qoʻy miya qurti, serbar Tasmasimon chuvalchanglar, ligula va b. katta ahamiyatga ega.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии