Har bir oʻsayotgan organizm uchun vitamin D zarur vitaminlardan biri hisoblanadi.
D vitamini organizmda kaltsiy va fosforni soʻrilishiga hizmat qiladi. Agar organizmda D vitamini yetishmasa bolada suyaklar mortlashishiga, tishlarni kech chiqishi va erta yemirilishiga olib keladi. Agar D vitamini tanqisligi erta aniqlab, uni oldi olinmasa bolada rahit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Bolada D vitamini yetishmayotganini qanday aniqlsh mumkin?
Yuqorida aytilgandek bola koʻp bezovta boʻladi.
Yegʻloqi boʻlib qoladi.
Uyqusi buzuladi.
Yoshiga nisbatan harakatlari (masalan: dumalash, emaklash, oʻtirish) kechikadi.
Koʻp terlashi. Ayniqsa emayotganda va uhlagandabosh qismini terlashi. Shu darajaga yetadiki hatto yostiqlari hoʻl boʻlib ketishi mumkin.
Orqa sochlari toʻkiladi. Bizda bu holni buvilarimiz
Ensa qismi yapaloqlashishni boshlaydi. Koʻpchilik buni beshikda koʻp yotgandan deb oʻylaydi.
Boladan achqimtir hid keladi.
Muskullar boʻshashi
Bukarning bari bolada D vitamini yetishmasligi va rahitning boshlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari D vitamini yetishmasligi bolada autoimmun kasalliklari, imunitetni tushib ketishi, infeksiyon kasalliklarga moyil boʻlib qolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
Nima qilish kerak?
Tabiiy yoʻl bilan organizmning D vitaminga boʻlgan ehtiyojini qondirish mumkinmi?
.
Albatta kasallikni davolagandan koʻra uni oldini olgan yaxshiroqdir.
Eng yaxshi D vitamini manbayi bu quyosh. Quyoshning ultrabinafsha nurlari terida D vitamini ishlab chiqaradi va yosh organizmni toʻla taʼminlay oladi.
Bola bilan koʻproq ochiq havoda sayr qilish kerak. Soat 11-13 gacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi quyosh nurlari bola organizmi uchun juda foydalidir. Har qanday quyoshdan himoyalovchi kremlar va soyobonlarsiz bir kunda 30 minutlik quyosh nurlari ostida boʻlishlik bola uchun 1 kunlik D vitamini normasini bera oladi. Bunda bolaning ochiq turgan qoʻlchalari, yuzi, oyoqchalariga quyosh nurlari toʻgʻri tushishiga eʼtibor berish kerak.
Shuni inobatga olish kerakki: ifloslangan havo, bulutli kun va nisbatan qora terili bolalarda D vitamini kamroq soʻriladi. Yana bolani 4 kg vaznda ortiq tugʻulishi, birinchi 3 oylikda bola vaznini keskin ortishi D vitaminiga boʻlgan talabni oshishiga olib keladi.
Oziq ovqat mahsulotlarida D vitamini baliq va baliq mahsulotlarida boy boʻladi.
Baliq mahsulotlari bolaga 1 yoshdan keyin tavsiya etiladi. Ona suti va bolalar ozuqalarida esa D vitamini juda kam miqdorda boʻladi. Shuning uchun pediatr va nevropatologlar sogʻlom va vaqtida tugʻulgan chaqaloqlarga 15-20 kundan boshlab D vitamini berushni boshlashni buyuradilar. Oʻlkamiz quyoshli boʻlgani uchun yoz oylarida bolaning ahvolidan kelib chiqib D vitamini berish toʻxtatiladi.
‼️Albatta bu paytda bolani sayrga olib chiqishga eʼtibor qaratiladi.
Bola 3 yosh boʻlgunga qadar D vitamini berish tavsiya etiladi.
loading…