SOʻFIXONOVLAR, Boboxon (1900, hoz. Qozogʻistonning Sayram tumani — 1980.3.2, Toshkent) va Akmalxon (1905, Sayram tumani — 1987.11.7, Toshkent) Soʻfixonovlar — akauka hamnafas xonanda va sozandalar. Oʻzbekiston xalq hofizlari (1944). Ashulachilik sanʼatini bobolari Sotildixon va otalari Soʻfixon hofizlardan oʻrganishgan. Soʻfixonovlar 1935-y. da Toshkentga kelib, dastlab «Yaliyali», «Navo» kabi ashulalari bilan tanilgan. Toʻychi hofizdan «Bayot1,2,3,4», «Girya1,2», «ShahnoziGulyor», I. Ikromovdan «Munojot» va «Choʻli Iroq», Rizqi Rajabiydan «Dugoh», «Toshkent Irogʻi», «Qoʻshchinor», «Karimqulbegi» kabi maqom yoʻllari va ashulalarini oʻzlashtirishgan. S. Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1937—41, 1944—48), Hamza nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri (1941—44) va Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1948—58, 1948—60) da xonanda va sozanda. Soʻfixonovlarning ijro uslubi ovozlarining birbiriga tekis qoʻshilishi, yirik shakldagi asarlarni ogʻirravon aytishi, joʻrnavoz sozlarni ashulaning ifodaviyligiga qarab tanlashi bilan belgilanadi. «Nasri Segoh», «Galdir1, 2», «Qalandar1, 2, 3, 4», «Samarqand Ushshogʻi», «Sodirxon Ushshogʻi» kabi murakkab ashula yoʻllari Soʻfixonovlar talqinida jozibali yangraydi. Shuningdek, ularning repertuaridan katta ashulalar, yallalar («Ul kun jonon», «Gulyuz uzra», «Naylayin»), oʻzbek bastakorlarining asarlari (X. Toʻxtasinovning «Aylagach», R. Rajabiyning «Ovoraman», «Kulib» va b.) va oʻzlari yaratgan «Etdim tabibga», «Farzand» (Hofiz gʻazallari), «To muhabbat» (Navoiy), «Aylar» (Muqimiy), «Yaxshi bilan», «Oqil boʻlsang» (Mahtumquli) kabi ashulalar oʻrin olgan. S ijrosida V. A. Uspenskiy notaga yozib olgan «Navo», «Talqini Bayot», «Choʻli Iroq» ashula yoʻllari «Navoiy sheʼrlariga muzikalar» (1949) toʻplamida nashr etilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии