TITO

TITO (Broz Tito) (Broz Tito) Iosip (1892.25.5, Kumroves, Xorvatiya — 1980. 4.5) — Yugoslaviya prezidenti (1953-y. dan), YUSFR Prezidiumi raisi (1971-y. dan), marshal (1943). 1915-y. harbiy asir sifatida Rossiyada boʻlgan. 1920-y. vataniga qaytib Yugoslaviya kompartiyasi (YUKP)ga aʼzo boʻlib kirgan. 1934-y. dan YUKP raxbariyatida. 1935—36 y. larda Moskvada, Kominternda ishlagan. 1937-y. dek. dan Yugoslaviyada YUKPni boshqargan; Yugoslaviya Kommunistlar soyuzi (YUKS) raisi (1966-y. dan; 1940— 66 y. larda bosh kotib). Yugoslaviyadagi xalq ozodlik urushi davri (1941 — 45) da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi bosh qoʻmondoni. 1945-y. Yugoslaviya hukumati boshligʻi. 1948-y. SSSR va Yugoslaviya oʻrtasida davlatlararo va partiyalararo munosabatlar uzilgandan soʻng, Tito oʻzining sotsialistik jamiyat qurish modelini ilgari surgan. Qarshilik koʻrsatish harakati rahbarlaridan biri boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x